» » Jahon bankining jamg‘armasi “Toshkent—Andijon” pullik yo‘lini qurish loyihasi uchun grant ajratdi

Jahon bankining jamg‘armasi “Toshkent—Andijon” pullik yo‘lini qurish loyihasi uchun grant ajratdi


Jahon bankining Global infratuzilma jamg‘armasi (GIF) yangi “Toshkent—Andijon” pullik avtoyo‘lini qurish loyihasi uchun izlanish grantini ajratdi. Bu haqda Moliya vazirligi xabar bermoqda.

Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligida 10-may kuni Jahon banki vakillari bilan avtomobil transporti sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Agentlik tomonidan 2019-yilda ishlab chiqilishi lozim bo‘lgan loyihalar tasdiqlangan bo‘lib, hozirda ularning 10 dan ortig‘i ustida ish olib borilmoqda. Ushbu loyihalarning umumiy qiymati 2 milliard dollarga teng.

Jahon banki vakillaridan iborat yo‘l qurilish bo‘yicha ekspertlar tegishli vazirliklarda uchrashuvlar o‘tkazadi. Shuningdek, Toshkent, Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlariga borib, mo‘ljallanayotgan magistral yo‘lini o‘rganadi.

Spot’ning qayd etishicha, Toshkent va Andijon o‘rtasida pullik yo‘l paydo bo‘lishi haqidagi xabarlar aprel oyi oxirida paydo bo‘lgandi. Dastlabki reja bo‘yicha, 2019-yilning iyun oyida Jahon banki bilan kelishuv imzolanadi, 2020-yil yanvariga borib esa loyiha hujjatlari tayyorlanadi.

2020-yil aprelida loyiha konsepsiyasini ma’qullash, iyun oyida esa dastlabki saralashda ishtirok etish uchun talabnoma e’lon qilinishi kutilmoqda. Loyiha qiymati hozircha e’lon qilingani yo‘q.

Rejaga ko‘ra, O‘zbekistonda pullik yo‘llar faqat bepul muqobil yo‘l mavjud bo‘lgan taqdirdagina quriladi. Pullik yo‘llardagi harakat tezligi bepul yo‘llardagiga qaraganda yuqori bo‘lishi kutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2019, 06:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют