» » O‘zbekistonda 2020-yildan boshlab yangi shartlarda ipoteka kreditlari ajratiladi

O‘zbekistonda 2020-yildan boshlab yangi shartlarda ipoteka kreditlari ajratiladi


2020-yil 1-yanvardan boshlab, maqsadli dasturlar ijrosi doirasida yangi shartlarda ipoteka kreditlari ajratiladi. Bu Prezidentning “Ipoteka krediti bozorini rivojlantirish va kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonida ko‘zda tutilgan.

Hujjatda ko‘rsatilgan shartlar quyidagilardan iborat:

a) Moliya vazirligi tomonidan ishtirok etuvchi banklarga ajratilayotgan kredit resurslari hamda aholiga berilayotgan ipoteka kreditlari bo‘yicha imtiyozli davrni 1 yilgacha qisqartirish;

kreditdan foydalanishning birinchi 5 yili davomida har yili foiz stavkasini qat’iy belgilangan 7 foizdan Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasi darajasigacha bosqichma-bosqich oshib boradigan stavkada va keyingi davrda Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasida belgilash;

ipoteka kreditlari foizlarini annuitet to‘lovlari formulasi bo‘yicha hisoblash tartibini tatbiq etish (oylik to‘lov asosiy qarz qoldig‘iga hisoblangan foizlar bo‘yicha to‘liq to‘lovni hamda kreditning bir qismini o‘z ichiga oladi, har oylik barcha to‘lovlar kredit to‘lashning butun davrida bir xil bo‘ladi);

b) qonun hujjatlarida belgilangan malakaviy talablarga javob beradigan yuridik shaxslarga maqsadli dasturlarni amalga oshirishda buyurtmachi yoki bosh pudratchi sifatida qatnashish huquqini berish;

v) maqsadli dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etayotgan tijorat banklari sonini oshirish;

g) maqsadli dasturlarni amalga oshirish doirasida uy-joylar va kvartiralarni ta’mirlash va rekonstruksiya qilish uchun kreditlar berish.

2020-yil 1-yanvardan boshlab maqsadli dasturlarni amalga oshirish doirasida taqdim etilgan qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha amaldagi imtiyozlar bekor qilinadi.

Vazirlar Mahkamasi 2019-yil 1-dekabrga qadar maqsadli dasturlarni amalga oshirish samaradorligini har tomonlama baholash hamda keng jamoatchilik muhokamasi natijalari asosida quyidagilar bo‘yicha takliflar kiritish topshirildi:

a) quyidagilarning amal qilishini bekor qilish:

bosh pudrat tashkilotlari, pudrat tashkilotlari va subpudrat tashkilotlariga, qurilish materiallari, asbob-uskunalar, qurilish texnikasi va avtotransporti ishlab chiqaruvchi tashkilotlarga, shuningdek, ularni tashishda qatnashadigan tashkilotlar, ishlar (xizmat) ko‘rsatish korxonalariga berilgan soliq imtiyozlari (qo‘shilgan qiymat solig‘idan tashqari);

jismoniy shaxslarning mol-mulk solig‘i bo‘yicha imtiyozlar;

b) yakka tartibdagi uy-joy yoki ko‘p qavatli uydagi xonadonning qiymati 300 million so‘mdan oshmagan taqdirda, olingan ipoteka kreditlarini va ular bo‘yicha hisoblangan foizlarni qoplash uchun yo‘naltiriladigan va soliq solinadigan jismoniy shaxslar va ular oila a’zolarining (birga qarz oluvchilar) jami 15 million so‘mgacha bo‘lgan ish haqi va boshqa daromadlari summasi soliq davri davomida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘iga tortilmasligini ko‘zda tutuvchi tartibni o‘rnatish;

v) bekor qilinayotgan soliq imtiyozlari o‘rniga uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj shaxslar va qonun bilan belgilanadigan fuqarolarning boshqa toifalariga ipoteka krediti bo‘yicha boshlang‘ich badal va (yoki) foizlarni to‘lash uchun subsidiyalar berish.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2019, 08:44)
-1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 54) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют