» » O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi bo‘sh ish o‘rinlariga oid nomli yangi loyihani taqdim etdi

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi bo‘sh ish o‘rinlariga oid nomli yangi loyihani taqdim etdi


O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan hamkorlikda “O‘zbekistondagi bo‘sh ish o‘rinlari” nomli yangi loyihani taqdim etdi. Bu haqda elchixona saytida xabar qilindi.

Elchixona veb-saytida maxsus bo‘lim ochilib, unda yuqori malakali fuqarolar uchun O‘zbekiston davlat va xususiy tashkilotlaridagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqida batafsil ma’lumotlar keltirilgan.

Jadvalda ish beruvchi, faoliyat sohasi, lavozim turi, ish hududi, nomzodlarga talablar, ish haqi hamda murojaat qilish yoki rezyume yuborish uchun telefon raqamlari havola etilgan. Jadvaldagi ma’lumotlar tegishli tashkilotlardan murojaatlar kelishiga qarab muntazam yangilab boradi.

“Elchixona mazkur loyiha vatandoshlarimizga o‘zlari orzu qilgan ishni topish va Vatanimiz taraqqiyotiga hissa qo‘shish imkonini beradi, deb umid qiladi”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2019, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют