» » TBC Bank nima sababdan O‘zbekistonda birinchi raqamli bank ochmoqchi ekanligiga tushintirish berdi

TBC Bank nima sababdan O‘zbekistonda birinchi raqamli bank ochmoqchi ekanligiga tushintirish berdi


Payme’ning nazorat paketini sotib olgan Gruziyaning TBC Bank’i

O‘zbekiston bozorini yuqori demografik ko‘rsatkichga ega deb baholamoqda, deb xabar berdi Spot.

2018-yilda Payme mijozlari 70 foizga ortgan bo‘lsa, foyda va sof daromat tegishli ravishda 41,9 foiz hamda 24,5 foizga oshgan. 2019-yilning birinchi choragida ham o‘sish davom etmoqda.

Aprel oyining oxirida kompaniya O‘zbekistonga Payme brendi ostida faoliyat ko‘rsatadigan Inspired MChJning 51 foiz aksiyasini 5,5 million dollarga xarid qilgandi.

TBC Bank Payme’ning o‘sishini barqaror baholagan — 2019-yilning birinchi choragida foyda va sof daromad 21,9 foiz hamda 73 foizga o‘sgan. Foydalanuvchilar soni esa 13,6 foizga ortgan.

Shuningdek, kompaniya O‘zbekistonda digital greenfield bankini yaratish rejasini ham ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, bularning barchasi hozirda konsepsiya va hali hukumat tomonidan ruxsat berilishi kerak, loyihaga o‘zgartirish kiritilishi mumkin. O‘zbekistonda litsenziyani olish 2019-yil davomida kutilmoqda.

Shuningdek, kompaniya nima sababdan aynan O‘zbekistonni tanlaganiga izoh berdi:

Strategik pozitsiya chakana, mikro, kichik va o‘rta biznes uchun yangi avlod bankini tashkil qilishni o‘z ichiga oladi. TBC Bank birinchi bosqichda 20—30 million dollar investitsiya kiritishni rejalashtirmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2019, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют