» » Bosh prokuratura Namanganda zorlangani iddao qilinayotgan 15 yashar bola boyicha malumot berdi

Bosh prokuratura Namanganda zorlangani iddao qilinayotgan 15 yashar bola boyicha malumot berdi


Bosh prokuratura xorijiy OAVlar Namanganda 15 yoshli bola zorlangani haqidagi xabarlarga raddiya berdi. Bu haqda Daryoga Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Surayyo Rahmonova malum qildi.

Malum qilinishicha, 5-may kuni N.Q. Namangan viloyati Uychi tumanida joylashgan ayollar mardikor bozoriga kelib, 8-sinf oquvchisi 15 yashar B.E. ismli ogil bolani 50 ming som evaziga yollagan.Shundan song,N.Q. bola bilan birga Mirishkor MFYdan oqib otuvchi Fargona kanali boylab, mardikor bozordan taxminan 3 km masofada joylashgan bugdoyzorga kirib, bola bilan jinsiy aloqa qilish uchun shimini yechishni taklif qiladi. B.E. uning taklifiga rozi bolmay unga qarshilik korsatadi. Shunda N.Q. bolaning boshiga tosh bilan urib, unga tan jarohati yetkazib, voqea joyidan ketgan.

B.E. teri osti gematomasi, chap kozi ostida qontalash jarohatlar hamda 2 va 4-barmoqlarida qontalash jarohatlari aniqlangan. Shuningdek, bolaga bosh miya yopiq shikasti, bosh miya gumbazi sinishi tashxisi qoyilgan. B.E. ahvoli ortacha ogir.

Namangan viloyat Ruhiy kasalliklar shifoxonasi ekspertiza bergan malumotga kora, N.Q. fikrlari sayozligi, bilish jarayoni pastligi, yurish-turishi, xatti-harakatlari aqli zaiflik fonida shaxsiyatning psixoseksual buzilishiga olib kelgan.

Uychi tumani IIB tomonidan 13-may kuni N.Q.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 105-moddasi 1-qismi (qasddan badanga ortacha ogir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qozgatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
: admin (14-05-2019, 12:59)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 6) ( 0) ( 4) ( 2)
:
-
:
20 ... -