» » Namanganda aqli noraso erkak o‘smir bolani zo‘rlamoqchi bo‘ldi

Namanganda aqli noraso erkak o‘smir bolani zo‘rlamoqchi bo‘ldi


Bosh prokuratura xorijiy OAVlar Namanganda 15 yoshli bola zo‘rlangani haqidagi xabarlarga raddiya berdi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Surayyo Rahmonova ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, 5-may kuni N.Q. Namangan viloyati Uychi tumanida joylashgan ayollar mardikor bozoriga kelib, 8-sinf o‘quvchisi 15 yashar B.E. ismli o‘g‘il bolani 50 ming so‘m evaziga yollagan. Shundan so‘ng, N.Q. bola bilan birga Mirishkor MFYdan o‘qib o‘tuvchi Farg‘ona kanali bo‘ylab, mardikor bozordan taxminan 3 km masofada joylashgan bug‘doyzorga kirib, bola bilan jinsiy aloqa qilish uchun shimini yechishni taklif qiladi. B.E. uning taklifiga rozi bo‘lmay unga qarshilik ko‘rsatadi. Shunda N.Q. bolaning boshiga tosh bilan urib, unga tan jarohati yetkazib, voqea joyidan ketgan.

B.E. teri osti gematomasi, chap ko‘zi ostida qontalash jarohatlar hamda 2 va 4-barmoqlarida qontalash jarohatlari aniqlangan. Shuningdek, bolaga bosh miya yopiq shikasti, bosh miya gumbazi sinishi tashxisi qo‘yilgan. B.E. ahvoli o‘rtacha og‘ir.

Namangan viloyat Ruhiy kasalliklar shifoxonasi ekspertiza bergan ma’lumotga ko‘ra, N.Q. fikrlari sayozligi, bilish jarayoni pastligi, yurish-turishi, xatti-harakatlari aqli zaiflik fonida “shaxsiyatning psixoseksual buzilishiga” olib kelgan.

Uychi tumani IIB tomonidan 13-may kuni N.Q.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 105-moddasi 1-qismi (qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2019, 13:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют