» » Jahongir Ortiqxo‘jayevga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

Jahongir Ortiqxo‘jayevga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi


2018-yil dekabrdan O‘zbekiston Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan Hotambek Shokirov (1970-yilda tug‘ilgan) Toshkent shahar hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi, deya xabar berdi “Gazeta.uz”.

Hotambek Shokirov mazkur lavozimga may oyi boshida vazifasidan ozod qilingan Sherzod Hojizodayev o‘rniga tayinlandi.

Alimardon Qarshiyev (1971-yilda tug‘ilgan) Toshkent shahar hokimining jamoatchilik va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari bo‘ldi. U 2011-yildan buyon Toshkent viloyati hokimining xuddi shu masalalar bo‘yicha o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Alimardon Qarshiyev shahar hokimiyatining tashkiliy-kadrlar xizmati rahbari lavozimiga o‘tkazilgan Shuhrat Turdiqulov bilan o‘rin almashdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2019, 13:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 27) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют