» » Qirgiziston jinsiy zoravonlikda ayblangan jinoyatchini Qozogistonga topshirdi

Qirgiziston jinsiy zoravonlikda ayblangan jinoyatchini Qozogistonga topshirdi


Qirgiziston bosh prokuraturasi ota ogir jinoyatni sodir etgan Shokan Abilkasimovni berish haqida Qozogiston bosh prokuraturasining sorovini qanoatlantirdi. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.

Qozogiston fuqarosi Shokan Abilkasimov Nursultonda istiqomat qiluvchi ayolni guruh bolib zorlash jinoyatini sodir etishda gumonlanuvchi tariqasida xalqaro qidiruvga berilgandi.

2019-yilda Qirgiziston huquq-tartibot xodimlari Chuy viloyatining Alamudun qishlogida gumonlanuvchini qolga olgan.

Qozogiston fuqarosini ekstraditsiya qilish Qirgiziston jazoni ijro etish xizmati tomonidan amalga oshirildi. Abilkasimov vataniga qaytarilib, mamlakatning vakolatli organlariga topshirildi.

Jinoyat 2017-yil yozida Qozogiston poytaxtida sodir etilgandi. Jabrlangan ayol jinoyatchilardan qochishga uringan va uy oynasidan sakragan, buning oqibatida jiddiy jarohat olgan.

Jinoiy guruh ishtirokchilardan biri Murat Idrisov deyarli darhol qolga olingan. Jinoyat sodir etishda aybdor deb topilib, 10 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

Ikkinchi gumonlanuvchi Shokan Abilqasimov esa qochib ketgandi.



Manba: Daryo.uz
: admin (14-05-2019, 13:29)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 7) ( 0) ( 5) ( 2)
:
-
:
20 ... -