» » Tanzila Norboyeva ShHT Ikkinchi ayollar forumida ishtirok etadi

Tanzila Norboyeva ShHT Ikkinchi ayollar forumida ishtirok etadi


O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Tanzila Norboyeva Shanxay hamkorlik tashkilotining Ikkinchi Ayollar forumida ishtirok etish uchun Bishkekka jo‘nab ketdi. Bu haqda O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Joriy yilning 15—16-may kunlari Bishkek shahrida o‘tkazilayotgan forum beshta sessiyadan iborat bo‘lib, unda mintaqalararo hamkorlikning gender masalalari, ayollarning inklyuziv va barqaror rivojlanishida ayollarning roli, ShHT rivojida xotin-qizlarning rolini yaxshilash, ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimiga investitsiyalar jalb qilish kabi masalalar muhokama qilinadi.

Forumning ikkinchi kunida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlarning ikkinchi ayollar forumi hamda onalar kuniga bag‘ishlangan “Ajdodlar merosi” amaliy san’at Respublika yarmarkasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.

ShHT Birinchi Ayollar forumi 2018-yilning 15—18-may kunlari Xitoyning Pekin shahrida bo‘lib o‘tgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2019, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют