» » O‘zbekistonda birja savdolarida oltin sotuvi o‘sib bormoqda

O‘zbekistonda birja savdolarida oltin sotuvi o‘sib bormoqda


Tillaning qiymati 69,6 million so‘mga teng bo‘ldi. O‘tgan haftada Tovar-xomashyo birjasida sotuv yakuni bo‘yicha 200 gr Au-1 markali oltin sotildi. Bu haqda birja ma’lumotlarida keltirilgan, deb yozadi Spot.

Tillaning qiymati 69,6 million so‘mga teng bo‘ldi, birja savdolarida sotuvchi sifatida “Olmaliq KMK” AJ ishtirok etdi. Birja kotirovkasi deyarli boshlang‘ich bahoda saqlangan — 1 gramm oltin 348 ming so‘mni tashkil qilgan.

Avvalroq, Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan mart oyidan Tovar-xomashyo birjasi savdolarida qimmatbaho metallar sotila boshlandi. Oltin sotuvi bo‘yicha ilk shartnoma aprel oyining boshida qayd etildi.

Qimmatbaho metallarning birja savdolari qonun hujjatlari, birja savdolari va hisob-kitob kliring xizmat ko‘rsatish tartib-qoidalari asnosida amalga oshiriladi. Birja savdolari orqali sotib olingan qimmatbaho metallarni eksportga sotish taqiqlangan.

Sanoatda ishlatiladigan mahsulotlarni qayta ishlash quvvatiga ega bo‘lgan ishlab chiqaruvchilar, shuningdek, yuridik shaxslar va yakka tadbirkorlar — qimmatbaho metallardan zargarlik buyumlari va boshqa buyumlar ishlab chiqaruvchilar birja savdolarida qimmatbaho metallarning xaridorlari hisoblanadi.

Zargarlik buyumlari va boshqa buyumlar ishlab chiqaruvchilar savdolarda ishtirok etish uchun birjaga Markaziy bank huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi tomonidan beriladigan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlari va boshqa buyumlar ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani taqdim etishi kerak.

Sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar savdolarda ishtirok etish uchun birjaga Agentlikning Davlat asillik palatasi tomonidan beriladigan ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasini taqdim etishi kerak.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2019, 06:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 77) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют