» » Sudan harbiy kengashi muxolifat bilan uch yillik “o‘tish davri” bo‘yicha kelishuvga erishdi

Sudan harbiy kengashi muxolifat bilan uch yillik “o‘tish davri” bo‘yicha kelishuvga erishdi


Sudan harbiy kengashi mamlakatda o‘tish davrini joriy qilish bo‘yicha muxolifat vakillari bilan kelishuvga erishganini ma’lum qildi, deb xabar beradi “Kommersant”.

Shuningdek, ma’lumotlarga ko‘ra, “Erkinlik va o‘zgarish uchun” alyansi vakillari qonunchilik kengashida 67 foiz o‘ringa ega bo‘ladi. Sudan harbiy kengashi muxolifat bilan birgalikda namoyishchilarni noqonuniy taqib qilish faktlari bo‘yicha tergovni amalga oshiradigan qo‘mita tuzishini bildirdi.

Sky News Arabia telekanalining ma’lum qilishicha, ikki tomon o‘rtasida kelishuvning tafsilotlari yaqin soatlar ichida e’lon qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, 11-aprel kuni general-leytenant Avad bin Auf to‘g‘ridan to‘g‘ri efir orqali mamlakat prezidenti Umar al-Bashirning qo‘lga olinishini ma’lum qilgandi. Mamlakatda boshqaruvni maxsus harbiy kengash nazoratga olgan. Ikki yil muddatga vaqtinchalik hukumat tuzilgan.

Mavzuga doir: Sudan prezidentini lavozimidan tushirgan harbiylar uni Gaaga xalqaro sudiga topshirmaslikka qaror qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2019, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 46) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют