» » Sudan Bosh shtabida yuz minglab kishi harbiylar qarorlariga qarshi norozilik bildirmoqda

Sudan Bosh shtabida yuz minglab kishi harbiylar qarorlariga qarshi norozilik bildirmoqda


Juma kuni, 12-aprelda yuz minglab sudanliklar Sudan armiyasi bosh shtab-kvartirasiga kelib, harbiy qarorlar qabul qilinishiga qarshi norozilik chiqishini namoyish qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, namoyishchilar o‘tish davri harbiy kengashining qarorlarini qoralovchi shiorlar aytib chiqqan.

Sudan Mudofaa vaziri Avad ibn Auf 11-aprel kuni prezident Umar al-Bashirning hibsga olingani va mamlakatni ikki yil boshqarishi uchun harbiy kengash tashkil etilganini e’lon qilgan edi.

U 2005-yilgi Konstitutsiya mamlakatda bekor qilinganini va uch oy davomida favqulodda holat hukm surishini e’lon qilgan. Shu bilan birga, respublikaning havo maydoni bir kunga yopilgan.

Sudanda to‘rt oydan buyon xalq noroziligi davom etmoqda. Aholi yoqilg‘i, non va unning narxidan hamda asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining tanqisligidan norozi edi. Keyin esa u 30 yildan beri uzluksiz hokmiyat tepasida bo‘lgan prezident Umar al-Bashirning siyosiy tuzumining almashtirilishi bo‘yicha norozilikka aylandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-04-2019, 21:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют