» » Farg‘onada “ko‘rshapalak uyasi”ni 15 ming dollarga sotgan firibgarga hukm o‘qildi

Farg‘onada “ko‘rshapalak uyasi”ni 15 ming dollarga sotgan firibgarga hukm o‘qildi


Qo‘qonlik Ozod Soliyev (ism-familiyasi o‘zgartirilgan) muqaddam 6 marta sudlanib, ozodlikdan mahrum qilingan bo‘lsa ham yana firibgarlikka qo‘l urdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

U internet orqali ko‘rshapalak uyasi saraton kasaliga shifo bo‘lishi haqidagi xabarlarni o‘qib, soxta uya yasab, sotishni o‘ylab qoldi va buni uddasidan chiqdi. Endi u xaridor topishni o‘ylay boshladi. Qozog‘istonlik notanish bola bilan Telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali gaplashib, ko‘rshapalak uyasi narxi 100 ming AQSh dollar ekanini aytganda, xaridor bu narx qimmatligini bildirgan.

O. Soliyev 2018-yilning oktabr oyi o‘rtalarida Uchko‘prik tumani Yoyilma qishlog‘ida jabrlanuvchi B.Mahkamov bilan uchrashib, unga Namangan viloyati, Pop tumanidagi tog‘li hududlarda ko‘rshapalak uyasi borligi, saraton kasalligiga shifo bo‘lishligi, istasa uni 23 ming 300 AQSh dollariga sotishligini aytib, uni aldaydi. Ishonchga kirish maqsadida o‘zi tomonidan oldindan sement, ohak, alebaster va tuproqdan yasab qo‘yilgan noksimon shakldagi jismni ko‘rshapalak uyasi ekanligini, unga tillo buyumlar yopishishi, sarimsoq piyozdan esa qochishi haqida tayyorlangan yolg‘on videorolikni ko‘rsatgan.

O‘zi tomonidan tayyorlangan soxta “ko‘rshapalak uyasi”ni 5 litr hajmdagi yelim idish ichiga atrofini yaltiroq qog‘oz va paxta bilan o‘rab olib kelib, B.Mahkamovga ushbu modda ochilsa, uni bir sutka davomida tarkibi buzilib, ko‘rshapalak uyasi ichidagi “amrug‘” moddasi xususiyatini yo‘qotishini aytadi. Soxta “ko‘rshapalak uyasi”ni 15 ming 300 dollarga sotib, firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritilgan pullarni shaxsiy ehtiyoji uchun sarflab yuborgan. Tergovga qadar tekshiruv davrida O.Soliyevdan “ko‘rshapalak uyasi” daliliy ashyo tariqasida olingan.

Sud ekspertiza xulosasiga ko‘ra, “ko‘rshapalak uyasi” qo‘ng‘ir rangli, qattiq inga o‘xshagan noksimon jismni ustki qavati sementdan, o‘rta qavati ohak moddasidan, ostki qavati tuproqdan iborat bo‘lib, sement, ohak va tuproq qurilish materiallari turkumiga kirishi aniqlangan.

Sudlanuvchi O. Soliyev jinoiy harakatlarini davom ettirib, 2018 yilning 10 dekabr kuni sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini olish, tashish yoki o‘tkazish maqsadida jinoiy sheriklari sudlanuvchi A.Botirov va Qirg‘iziston Respublikasi fuqarosi A. Xudayqulov bilan oldindan bir guruhga birlashgan. Ular jami 393 ta kassetadagi “Lirika” dori vositalarini Qo‘qonga o‘tkazish maqsadida tashib kelib, maxsus xaridorga 121 kassetada bo‘lgan dorini 3200 AQSh dollariga sotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlangan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchko‘prik tuman sudida O. Soliyev va A. Botirovning mazkur jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. Sud hukmiga ko‘ra, ular Jinoyat kodeksining bir qator moddalari bilan aybli deb topilib, tegishli jazo tayinlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2019, 13:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют