» » Xitoy harbiy delegatsiyasi O‘zbekistonda ofitserlar tayyorlash masalasini o‘rgandi

Xitoy harbiy delegatsiyasi O‘zbekistonda ofitserlar tayyorlash masalasini o‘rgandi


Xitoy xalq milliy ozodlik armiyasi vakillari 12—15-may kunlari O‘zbekiston Qurolli Kuchlar akademiyasiga tashrif buyurib, ta’lim jarayonlari bilan tanishdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Tashrif davomida general-mayor Suy Guyjun boshchiligidagi delegatsiya harbiy sohaga oid bir qator masalalar bo‘yicha tajriba almashdi. Jumladan, akademiya professor-o‘qituvchilari bilan uchrashdi, ofitser kadrlarni tayyorlash masalasini o‘rgandi, harbiy qismlardagi jangovar tayyorgarlik bilan tanishdi.

Eslatib o‘tamiz, general-mayor Azizbek Ikromov boshchiligidagi harbiy delegatsiya 2018-yilning oktabrida Xitoyga tashrifi davomida mamlakat Milliy mudofaa universiteti rahbariyati bilan uchrashib, oliy harbiy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirishga kelishib olgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2019, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 105) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют