» » Toshkentda neft-gaz sohasi bo‘yicha xalqaro konferensiya va ko‘rgazmaning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi (foto)

Toshkentda neft-gaz sohasi bo‘yicha xalqaro konferensiya va ko‘rgazmaning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi (foto)


Bugun, 15-may kuni Toshkent shahridagi O‘zekspomarkaz pavilyonida “O‘zbekiston Neft va gazi– OGU 2019” 23- Xalqaro ko‘rgazmasi, “Energetika, energiyani tejash, atom energetikasi, energiyaning muqobil manbalari – Power Uzbekistan 2019” 14- Xalqaro ko‘rgazmasi va Xalqaro O‘zbekiston energetika konferensiyasining ochilishi marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Sevara Nishonova xabar berdi.

Tadbirlarning ochilish marosimida O‘zbekiston energetika vaziri Alisher Sultonov, “Rosatom” davlat korporatsiyasi bosh direktori Aleksey Lixachyov, Buyuk Britaniya Qirolligi va Shimoliy Irlandiyaning O‘zbekistondagi elchisi Kristofer Allan so‘zga chiqdi.

O‘zbekiston energetika vaziri Alisher Sultonovning ta’kidlashicha, bunday ko‘rgazmalar O‘zbekiston energetika sohasi uchun zarur.

“O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan mamlakatda gaz va elektr ta’minoti obyektlarini qayta tiklash va modernizatsiya qilish, yangi generatsiya obyektlari va elektr tarmoqlarini qurish, qayta tiklanuvchan energiya manbalarini rivojlantirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar o‘tkazilmoqda. Shuningdek, sohaga investitsiya jalb qilish, xususan davlat-xususiy sherikchilikni rivojlantirishga ham alohida e’tibor berilmoqda”, — deydi o‘z nutqida Alisher Sultonov.

“Rosatom” davlat korporatsiyasi bosh direktori Aleksey Lixachyov xalqaro energetika konferensiyasida muhokama qilinadigan mavzularga to‘xtaldi.

“Ushbu konferensiya o‘zbekistonlik sheriklarimizni AES qurilishi lokalizatsiyasi, atom bloklarini qurishda ‘Rosatom’ning o‘zida barcha zamonaviy xavfsizlik tizimlarini jamlagan ilg‘or texnologiyalarini qo‘llashga kengroq jalb etish maqsadida tashkil etilmoqda. Konferensiyada, shuningdek ushbu loyihaning ijtimoiy va iqtisodiy jihatlari, energetika xavfsizligi sohasiga ilg‘or Rossiya mexanizmlarini tatbiq etish masalalari ham muhokama etiladi”, — deydi “Rosatom” bosh direktori Aleksey Lixachyov.

O‘zbekiston yoqilg‘i-energetika sohasidagi eng muhim tadbir 17-mayga qadar davom etadi.

16-may kuni O‘zbekistondagi ilk xalqaro konferensiya — Power Uzbekistan 2019 rasman o‘z ishini boshlaydi.

Ko‘rgazmalar va konferensiyalar ishida 31 mamlakatning 300 dan ortiq kompaniyalari va 1000 nafar delegatlar ishtirok etadi, shu jumladan: Avstriya, Ozarbayjon, Belarus, Belgiya, Vengriya, Buyuk Britaniya, Vyetnam, Germaniya, Daniya, Hindiston, Indoneziya, Italiya, Ispaniya, Qozog‘iston, Kanada, XXR, Koreya Respublikasi, Litva, Monako, Norvegiya, BAA, Polsha, Rossiya, Singapur, AQSh, Turkiya, O‘zbekiston, Ukraina, Fransiya, Shveysariya va Yaponiya.

O‘tkaziladigan tadbir doirasida Energetika vazirligi, AJ “O‘zbekneftegaz”, “O‘zAtom” Agentligining kompaniyalari va bo‘linmalarining rahbar xodimlarini xorijiy delegatsiyalar va kompaniyalar rahbarlari bilan B2G va B2B uchrashuvlari rejalashtirilgan. Bunday ko‘rinishdagi uchrashuvlar forum vaqtida ishtirokchilar ishining samarasini sezilarli darajada oshiradi va mavjud aloqalarni yanada rivojlanishiga, hamda neftgaz tarmog‘iga investitsiyalarni jalb qilishga ko‘mak beradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2019, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют