» » Rahim Rajabov: O‘zbekiston oltinlari Angliya, Shveysariya va hatto Amerika banklarida ham bor

Rahim Rajabov: O‘zbekiston oltinlari Angliya, Shveysariya va hatto Amerika banklarida ham bor


O‘zbekistonning sobiq davlat kotibi Rahim Rajabov Komiljon Shamsiddinovga bergan intervyusida mustaqillik yillarida mamlakat yerosti boyliklari, ya’ni neft, oltin va gazning hisobi qanday olingani haqida gapirdi.

“Bir voqeani aytay. Mustaqilikka endigina bir yarim-ikki yil chamasi bo‘lgan edi. Men Zarafshonga bordim: 10 oyda 10-15 tonna oltin kam qazib olingan ekan. Ular (ya’ni kon rahbarlari) ‘otdan tushsayam, egardan tushmagan’ vaqtlar. Bizga bo‘ysunmaslik holatlariyam bor edi, hammasi sabotaj qiluvchi, quloqlari ana u yoqqa (Moskva tomonga) qaragan edi. Shular bilan masalani qattiq muhokama qildik. Men ‘Oltin bizniki, u avval bizning xazinaga tushadi. Shundoq bo‘lgach, uning hisob-kitobini ham to‘g‘rilab qo‘yinglar. Agar sizlar – biz ketib, o‘zbeklar oltinni qanday qilib qazib oladi, konlarni qandoq ishlatadi, desangiz, adashasiz. U chirimaydi. Qachon qazib olishga qurbimiz yetsa, o‘z kadrlarimiz yetishib chiqsa – qazib olamiz. Unga qadar yer ostida yotaveradi’, deya qat’iy aytganman”, — deydi Rahim Rajabov.

Jurnalistning “Qancha oltin qazib olinardi?” degan savoliga sobiq davlat kotibi quyidagicha javob berdi:

“Boshlanish davrlarida yiliga 50-60 tonna olinardi. Hozir 2-3 marta ko‘payib ketgan. U paytda bittagina zavod, ya’ni ‘GMZ-1’ bor edi, hozir shunaqa zavoddan uchtasi ishlaydi”.

Rahim Rajabov o‘sha davrda O‘zbekiston oltinlari kafolat sifatida, jahon banklariga qo‘yilgani haqida shunday deydi:

“Bilasizmi, shunday sirlar borki, uni 20 yilda, ba’zilarini esa 25 yilda ochish mumkin. Ularni vaqtidan oldin gapirib qo‘yish – qonun oldida javobgarlik. To‘g‘ri, bilaman, lekin ularni oshkor etish vaqti kelgani yo‘q. Bir narsani ayta olamanki, O‘zbekiston oltinlari – Angliyada ham, Shveysariyada ham, hatto Amerika banklarida ham bor”.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2019, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют