» » Ozbekistonning sobiq davlat kotibi Rahim Rajabov: Prezidentni yomon deydigan odam men bolishim kerak edi

Ozbekistonning sobiq davlat kotibi Rahim Rajabov: Prezidentni yomon deydigan odam men bolishim kerak edi


Jurnalist Komiljon Shamsiddinov Ozbekistonning sobiq davlat kotibi Rahim Rajabovdanintervyu oldi. Rahim Rajabov ushbu intervyuda Ozbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov bilan birga ishlagan davrlarini yodga oldi.

Mustaqillik hamma uchun kutilmagan voqea bolgandi. Davlat kichik bolsayam, davlat-da, rozgorning katta-kichigi bolmaydi. Uning tashvishlari bor. Osha paytda ularni hal qilishda birgina Prezidentning qolidan kop ish kelmasdi. Bu birinchidan. Ikkinchidan, Sen Prezident bolasan deya bizda biror odam maxsus tayyorlanmagan. Birinchi Prezidentimiz oz komandasini yiqqan paytda, biz ham osha jamoaga tushib qolganmiz. U kishi Men bir tomonni, sen boshqa tomonni olib borasan, degandilar.

Keyinroq kop tashvish mening ozimga qolib ketgan. U kishining tashqi davlatlar bilan bogliq va shunga oxshash ishlari kopayib ketgan. Ichkaridagi ishlarniyam kimdir qilishi kerak-ku. Eng katta muammolar xalq och, oz pulimiz yoq, chegaralar ochiq, uni ozimiz himoya qilishimiz kerak edi.

Ilk tort-besh yilimiz, qiyinchilik bilan bolsa-da, yomon kechmadi. Keyinchalik, rahmatli Islom Abduganiyevichning ham yoshi ulgayib, tajriba orttirdi. Saylovdan song ozim Dostim, endi mening vazifamni ham qisqartiring, deb aytganman va Davlat kotibligidan ozimning avvalgi ishimga, yani Vazirlar Mahkamasi raisi muovinligiga ketganman.

Yana bir gap. Osha paytlarda Prezident atrofida davlatga vijdonan xizmat qilaman, degan odamlar kamayib keta boshladi: nomaqul odamlar kopayib,hammasi bir mafiya bolib qoldi. Mundoq oylasangiz, Prezidentni yomon deydigan odam men bolishim kerak edi. Osha paytda, Sen bilanishlamayman deya ketganimcha ottiz yildan buyon haliyam ishlamayman.Hech kimning odami ham bolmaganman.

Rahim Rajabov, Ozbekistonning sobiq davlat kotibi



Manba: Daryo.uz
: admin (15-05-2019, 15:14)
+1 (: 1)
. !

!


vote-icon
?

?
( 6) ( 0) ( 5) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -