» » Toshkentda atom energetikasi sohasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar yo‘l xaritasi imzolandi

Toshkentda atom energetikasi sohasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar yo‘l xaritasi imzolandi


15-may kuni Toshkent shahrida “O‘zbekistonning neft va gazi – OGU 2019” 23-Xalqaro ko‘rgazmasi va konferensiyasi hamda Power Uzbekistan 2019 ko‘rgazmasi doirasida 2019—2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasida atom elektrstansiyasi qurilishi bo‘yicha amalga oshiriladigan asosiy chora-tadbirlar yo‘l xaritasini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.

Hujjatga Bosh vazir maslahatchisi, O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri Alisher Sultonov va Rossiyaning atom energeyasi bo‘yicha davlat korporatsiyasi “Rosatom” bosh direktori Aleksey Lixachyov imzo chekdi.

Mazkur yo‘l xaritasi loyihaning ikkinchi bosqichida amalga oshiriladigan aniq vazifalarni o‘z ichiga olgan. Jumladan, hujjatga muvofiq atrof-muhitga ta’sirni baholash (OVOS)ning dastlabki ma’lumotlarini tayyorlash uchun xafsizlikni asoslash yuzasidan dastlabki hisobot tuzish bo‘yicha ko‘rsatmalar tayyorlanadi.

Hujjatdan shuningdek, loyihani amalga oshirish uchun shartnoma tuzish va muvofiqlashtirish shartlari ham joy olgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-05-2019, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 56) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют