» » Shavkat Mirziyoyev va Rajab Toyyib Erdo‘g‘on telefon orqali muloqot qilib, bir-birini Ramazon bilan tabrikadi

Shavkat Mirziyoyev va Rajab Toyyib Erdo‘g‘on telefon orqali muloqot qilib, bir-birini Ramazon bilan tabrikadi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yil 15-may kuni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Suhbat chog‘ida har ikki davlat rahbarlari kirib kelgan muborak va qutlug‘ Ramazoni sharif munosabati bilan bir-birlariga o‘zlarining qizg‘in tabriklarini chin dildan izhor etib, eng ezgu va samimiy tilaklarini bildirdi.

Prezidentlar an’anaviy do‘stlik, qardoshlik hamda strategik sheriklikka asoslangan hamkorlik aloqalari barcha sohalarda, jumladan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamda madaniy-gumanitar yo‘nalishlarda tobora jadallashib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

Tomonlar oliy darajadagi o‘zbek-turk strategik hamkorlik kengashining ilk yig‘ilishiga puxta tayyorgarlik ko‘rish muhimligini alohida ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlar jadvali ko‘rib chiqildi.

Do‘stona ruhda kechgan muloqot chog‘ida davlatlar rahbarlari har ikki xalqqa farovonlik, tinchlik-osoyishtalik va bardavom yuksalish tiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-05-2019, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 108) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют