» » Prezidentning Andijonga tashrifi, O‘zbekistonda paydo bo‘ladigan Renault avtomobillari, Eyfel minorasining 130 yilligi va kunning boshqa xabarlari

Prezidentning Andijonga tashrifi, O‘zbekistonda paydo bo‘ladigan Renault avtomobillari, Eyfel minorasining 130 yilligi va kunning boshqa xabarlari


16-mayning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo” dayjestida.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hududlar iqtisodiyoti, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida 16-may kuni Andijon viloyatiga jo‘nab ketdi.

Davlat rahbari dastlab Xonobod shahridagi “Xon tex city” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishdi.

So‘ng Prezident Xonobod sihatgohiga tashrif buyurdi.

So‘ng Shavkat Mirziyoyev Qo‘rg‘ontepa tumanidagi Khantex Group mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan tashkil etilgan paxta-to‘qimachilik klasteri faoliyati bilan tanishdi.

Shundan keyin Shavkat Mirziyoyev andijonliklarning yashash sharoitlarini ko‘zdan kechirdi.

***

O‘zbekistonda Renault avtomobillari paydo bo‘lishi mumkin.

Respublikaga avtomobil yetkazib berish istagi haqida 15-may kuni bo‘lib o‘tgan o‘zbek-fransuz biznes-forumi davomida Renault Group’ning MDHga eksport qilish bo‘yicha boshqaruvchi direktori Maksimilian Missan ma’lum qildi.

***

Eyfel minorasi qurilganiga 130 yil to‘lishi munosabati bilan Parij markazida elektron musiqa sadolari ostida tantanali konsert bo‘lib o‘tdi.

Qorong‘u tushishi bilan minora lazer projektorlar yordamida yoritilib, monument tarixi haqida ma’lumotlar berildi.

***

Samarqandda bir oilaning 5 nafar a’zosi o‘ldirilib, ularning jasadi mashina ichiga tashlab ketildi.

Samarqand viloyati Ishtixon tumani Chimqo‘rg‘on mahallasida yashovchi oilaning 5 nafar a’zosi — er-xotin, ikki o‘g‘il va bir qizni vahshiylarcha o‘ldirib, Qo‘shrabot tumani Boqi qishlog‘ida Damas avtomashinasi ichiga tashlab ketishgan.

Mazkur holat yuzasidan shu kunning o‘zida Ishtixon tuman prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

***

O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malik 73 yoshida vafot etdi.

Yozuvchining ijodiy faoliyati hukumat mukofotlari va turli adabiy mukofotlar bilan taqdirlangan. 2000-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga ko‘ra “O‘zbekiston xalq yozuvchisi” unvoni berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-05-2019, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют