» » Voronejda o‘likni “Volga”da “sayr” qildirgan fuqarolar jamoatchilik g‘azabiga uchradi

Voronejda o‘likni “Volga”da “sayr” qildirgan fuqarolar jamoatchilik g‘azabiga uchradi


Rossiyaning Voronej viloyatida “Volga” haydovchisi o‘zining avtomobili tomida marhumni ekspertizaga olib bordi, deb xabar beradi “MK.ru”.

Suratdan ko‘rish mumkinki, erkak kishining tanasi qopga solinib, transport vositasining ekspeditsiya yukxonasiga arqon bilan qotirilgan.

Marhumning xotini turmush o‘rtog‘ining jasadini shahar markazidagi sudmedekspertizaga olib borishi kerak bo‘lgan, biroq diniy xizmat idoralariga to‘laydigan puli bo‘lmagani sabab qo‘shnisini yordamga chaqirgan.

Voronej IIV Bosh boshqarmasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, ushbu holatda o‘lim jinoyat orqali sodir etilmagani sabab hech qanday qonunbuzarlik yo‘q.

Politsiyaning ta’kidlashicha, 32 yoshli erkak o‘z joniga qasd qilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan ushbu surat keng jamoatchilikning g‘azabini qo‘zg‘atdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-05-2019, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 74) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют