» » AQSh Turkiya bilan imtiyozli savdo tartibini bekor qildi

AQSh Turkiya bilan imtiyozli savdo tartibini bekor qildi


AQSh prezidenti Donald Tramp 17-maydan Turkiya bilan imtiyozli savdo tartibini bekor qiladi. Bu haqda Trampning kongressga yo‘llagan bildirish xatida aytilgan, deb xabar beradi “Interfaks”.

“Men Turkiyaning iqtisodiy rivojlanishi darajasiga asoslanib, Turkiya bilan rivojlanayotgan-retsipiyent maqomini 17 maydan tugatish kerakligiga qaror qildim”, deyilgan xabarda.

Tramp Turkiya bilan imtiyozli tartibni mart oyida yagona tarif imtiyozlari tizimiga (GSP) asoslanib bekor qilmoqchiligini ma’lum qilgan, biroq ayni vaqtgacha ushbu masala bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinmagandi.

O‘shanda Tramp ta’kidlaganidek, oxirgi 45 yil ichida Turkiya GSP bo‘yicha imtiyozlar olgan, uning iqtisodiyoti kuchli darajada o‘sgan va diversifikatsiyalashgan, aholi jon boshiga daromad darajasi oshgan, nochorlik darajasi pasaygan.

Trampning ushbu qarori Turkiya mahsulotlarining AQShga eksportiga salbiy ta’sir qilishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-05-2019, 13:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют