» » Rasman: “Yuventus” Allegrining jamoadan ketishini e’lon qildi

Rasman: “Yuventus” Allegrining jamoadan ketishini e’lon qildi


Massimiliano Allegri kelasi mavsumda “Yuventus”ni boshqarmaydigan bo‘ldi. Bu haqda Turin klubi rasmiy sayti xabar berdi.

“Yuventus” Allegrining jamoadan ketishini e’lon qildi. Biroq murabbiyning ketish sabablari ochiqlanmagan.

18-may kuni “Yuve” direktorlar kengashi rahbari Andrea Anyelli hamda Allegri jurnalistlar bilan uchrashuv o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, italiyalik mutaxassis “keksa sinyora”ni 2014-yildan buyon boshqarib kelayotgan edi. Turinliklar so‘nggi 5 mavsumda Italiya chempioniga aylandi, shuningdek, ikki marta Yevropa Chempionlar Ligasi finaliga chiqdi. Unda Ispaniyaning ikkita grand klubi — “Barselona”ga 2015-yilda (1:3) va 2017-yilda “Real Madrid”ga yutqazgandi (1:4).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-05-2019, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют