» » Kasilyas futbolchilik faoliyatini yakunlaydi

Kasilyas futbolchilik faoliyatini yakunlaydi


“Portu” darvozaboni Iker Kasilyas futbolchilik faoliyatiga yakun yasaydi, deb xabar berdi O Jogo.

37 yoshli ispaniyalik tez kunlarda karyerasini yakunlashi haqida e’lon qiladi. Shu bilan birga u “Portu”ni tark etmaydi, ammo klub tizimida qoladi.

Klub prezidenti Pintu da Koshtaning tasdiqlashicha, “Portu” allaqachon Kasilyas o‘rniga darvozabon qidirmoqda.

Ma’lumot uchun, Iker Kasilyas joriy mavsum Primeyro doirasida 31 ta uchrashuvda maydonga tushib, shulardan 18 tasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kasilyas mashg‘ulotlar vaqtida yurak xurujiga uchrab, shifoxonaga yotqizilgani haqida xabar berilgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-05-2019, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 55) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют