» » O‘zbekiston benzin ishlab chiqarish hajmini kamaytirdi

O‘zbekiston benzin ishlab chiqarish hajmini kamaytirdi


Yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston 308 ming tonna benzin ishlab chiqardi, o‘tgan yilning shu davrida esa 378,9 ming tonna benzin ishlab chiqarilgan. 2019-yilning yanvar-aprel oyida benzin ishlab chiqarish hajmi kamaydi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlarida keltirilgan, deb yozadi Spot.

Yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston 308 ming tonna benzin ishlab chiqardi, o‘tgan yilning shu davrida esa 378,9 ming tonna benzin ishlab chiqarilgan.

Dizel yoqilg‘isi hajmi ham qisqarib, 341,8 ming tonnani tashkil etdi. O‘tgan yilning mos davrida esa 387,9 ming tonna dizel yoqilg‘isi ishlab chiqarilgan.

O‘tgan yilning shu davriga nisbatan tabiiy gaz 4,4% ga, va shag‘al qazib olish esa — 2,2 m. ga oshdi.

Shuningdek, kimyo korxonalari ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish hajmi oshirilib, kaliy xlorid (2018-yil yanvar-aprel oylariga nisbatan) 114,3%, karbamid 119,8%, ammoniy sulfat 126,5%, ammoniy nitrat 119,2%, akril va vinilpolimerlari asosidagi bo‘yoq va laklar 127,7%, gerbitsidlar 107,2%, kaustik soda 164,4%, boshqa azotli o‘g‘itlar va ularning aralashmalari 173,9%, azot, fosfor va kaliyli mineral o‘g‘itlar 137,4% ni tashkil etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-05-2019, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют