» » Murojaatlar uch pog‘onali prinsip bo‘yicha ko‘rib chiqiladi

Murojaatlar uch pog‘onali prinsip bo‘yicha ko‘rib chiqiladi


“Taraqqiyot strategiyasi” markazida Prezidentning 2019-yil 14-maydagi “Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan vazifalar yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazildi, deb yozadi O‘zA.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tashkil etilgan tadbirda soha mutaxassislari mazkur hujjatning mazmun-mohiyati haqida ma’lumot berdi.

Farmon bilan har bir hududda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari tashkil etilib, unga bir qator vazifalar yuklatildi.

Jumladan, tadbirkorlik subyektlari hamda xorijiy investorlarni qabul qilish, ularning huquqlari va manfaatlariga rioya qilinishi ta’minlanadi. Tadbirkorlikni rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan muammoli masalalar ko‘rib chiqiladi. Ta’magirlik va korrupsiya holatlari bo‘yicha darhol prokuratura organlari xabardor qilinadi. Tadbirkorlarning murojaatlarini qabul qilish, umumlashtirish, monitoringini olib borish va nazorat qilish, qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.

Endilikda tadbirkorlik subyektlarini hamda xorijiy investorlarni, shu jumladan, videokonferensaloqa vositasida qabul qilish, shuningdek, sayyor qabullar o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi. Qabul jadval bo‘yicha har kuni o‘tkaziladi.

“Murojaatlarni hal qilish “tuman (shahar) — viloyat — respublika” uch pog‘onali prinsipi bo‘yicha ko‘rib chiqiladi. Tadbirkorlar ishining holati to‘g‘risidagi axborot tegishli xalq deputatlari Kengashi majlislarida muhokama qilinadi. Ushbu axborot bo‘yicha mas’ul tashkilotlar rahbarlarining hisobotlari eshitiladi. Bundan tashqari, tadbirkorlarning muammolarini hal etish uchun qabul qilish, umumlashtirish, monitoring olib borish va nazorat qilish maqsadida samarali platforma “business.gov.uz” yagona interaktiv portali ishga tushiriladi”, — deydi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi boshqarma boshlig‘i Furqat Tojiyev.

Shuningdek, portalda qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga to‘sqinlik qilayotgan tizimli muammolarni avtomatik rejimda aniqlash imkonini beruvchi tadbirkorlar murojaatlarining tizimlashtirilgan yagona ma’lumotlar bazasi yaratiladi. Qayd etish joizki, mazkur farmonda belgilangan vazifalarni amalga oshirish orqali tadbirkorlik subyektlari bilan ochiq va to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni ta’minlash, ularning qonuniy talablarini samarali ro‘yobga chiqarish hamda muammoli masalalarni hal etish kabi ijobiy natijalarga erishiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-05-2019, 23:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 108) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют