» » Mehmonxonachi Gulnora Karimova: Buni mehmonxona ham deb bolmaydi, xuddiki uy. Bir kecha qolish narxi 10 dollar ham emas

Mehmonxonachi Gulnora Karimova: Buni mehmonxona ham deb bolmaydi, xuddiki uy. Bir kecha qolish narxi 10 dollar ham emas


Davlat soliq qomitasining Biznes-ekspress loyihasi oz biznesini tashkil etishni maqsad qilgan yoshlarni qollab-quvvatlashga qaratilgan. Biznesni yuritish boyicha tajribali tadbirkorlikning oziga xos jihatlari, uchrashi mumkin bolgan qiyinchiliklar va ularni hal etish yollari haqida soz boradi.

Loyiha doirasidagi ilk biznes-trening Umumiy ovqatlanish va restoran biznesini tashkil qilish mavzusiga otkazilgan edi. Loyihaning navbatdagi turida Har bir oila tadbirkor dasturiga bagishlandi. Daryo muxbiri Musulmonbek Ibrohimovning malum qilishicha, Tadbir ishtirokchilari dastlab mehmonxona biznesi boyicha 20 yildan buyon ishlab kelayotgan Gulnora BB oilaviy korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Buni mehmonxona deb bolmaydi. Bu xuddiki uy. Mehmonlar ozini uyida yurgandek his qiladi. Oshxonada choy damlab ichadi, kerak bolsa, ozi uchun ovqat ham pishirish imkoni bor va ancha arzon. Bir kecha qolish narxi 10 dollar ham bolmagan uy mehmonxonalari uzoq muddatga kelgan va oilaviy turistlar uchun juda qulay, dedi oilaviy mehmonxonaga asoschisi Gulnora Karimova.

Tadbirkor Gulnora Karimovaning qoshimcha qilishicha, u faoliyatini bor-yogi 46 kishini sigdira oladigan sharoitdan boshlagan. Otgan yillar davomida mehmonxona kengayib, hozirda 32 nafar mehmonni bir vaqtning ozida qabul qilish imkoniyatiga ega. Besh nafar oila azosi mehmonlarga xizmat korsatadi.

Non va qandolat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi Zuzzi oilaviy korxonasi asoschisi Zilola Usmonova Har bir oila tadbirkor dasturidan foydalanib, 3 yil muddatga yillik 8 foizlik imtiyoz bilan 150 million som kredit olgan.

Bankdan kredit olib, ish boshlaganimga ikki oy boldi. Ishlab chiqarish qiyinligini bilardim. Qorquv boldi, hatto ustimdan kulishmasmikin, deb ham oyladim. Menimcha, qorqish ham kerak, lekin yaxshi niyat qilish lozim. Insonda nimagadir erishish uchun maqsad va shasht bolsa, kifoya ekan, deydi Zilola Usmonova.

Yosh tadbirkorning takidlashicha, kredit summasi kopdek korinadi, lekin u oyma-oy bolinganida tolash qiyin emas. Tolovlar asta-sekin ishlab chiqarishdan qoplab boriladi. Dastlabki olti oylik imtiyozli davrd kreditning faqat foizi tolanadi. Bu vaqt ichida bemalol oyoqqa turib olish mumkin.

Korxonada uch nafar xodim bilan 25 turdagi qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarilmoqda. Kunlik tushum ortacha 270300 ming som.

Gulnora BB va Zuzzi korxonalari faoliyati bilan tanishuvdan song, Davlat soliq qomitasida Biznes-ekspress loyihasi ishtirokchilari bilan oilaviy tadbirkorlik uchun taqdim etilayotgan soliq imtiyozlari va bankdan kredit olish shartlari masalasida muloqot bolib otdi.

Suhbat davomida oz tadbirkorlik faoliyatini yolga qoyish istagidagi Botir Abdullayev kredit olishni rejalashtirgani, biroq unga yaqin hududdagi bank filiali turli hujjatlarni olib kelishni talab qilib, kredit berishni rad etganini aytdi. Shunda Milliy bankning Mirzo Ulugbek filiali boshqaruvchisi unga 35 million som miqdorida kredit ajratilishi yuzasidan amaliy yordam berdi.

Yosh tadbirkor Artur Sarkisyan mehmonxona biznesini tashkil etishga qiziqish bildirgan. Lekin buning uchun u mehmonxona qurish uchun yer maydoniga ehtiyoj sezmoqda. Davlat soliq qomitasi ekspertlari yer maydonini qanday sotib olish mumkinligini tushuntirdi va bu borada yana biror qiyinchilik duch kelsa, yordam korsatishni vada qildi.

Biznes-ekspress yakunlari boyicha Markaziy bank tomonidan oz biznes-rejalariga ega ikki nafar ishtirokchi Kamoliddin Sharopov (kimyoviy tozalash xizmatini yolga qoyish uchun) va Farhod Davletovga (avtomobillar uchun rezina ehtiyot qismlarini ishlab chiqarishni tashkil qilish uchun) 200 millon somlik kredit olish imkonini beruvchi sertifikatlar topshirildi.

Ishtirokchilarga Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida tashkil etiladigan biznes-treningda qatnashish uchun taklifnoma ham taqdim etildi.



Manba: Daryo.uz
: admin (18-05-2019, 03:59)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 31) ( 0) ( 28) ( 3)
:
-
:
20 ... -