» » O‘zbekistondagi ilk Bosh vazir qabulxonasi Andijonda tashkil qilindi

O‘zbekistondagi ilk Bosh vazir qabulxonasi Andijonda tashkil qilindi


Andijon tuman davlat xizmatlari markazi talabga javob bermaydigan binoda ish yuritayotgan edi. Yangi bunyod etilgan maskan zamon talablariga mos ravishda qad rostladi. Bu haqda DXA matbuot xizmati ma’lum qildi.

Bu yerda 137 turdagi davlat xizmatlari ko‘rsatilishi rejalashtirilgan. Kelgusida bu ko‘rsatkich bir necha barobar ortishi ko‘zda tutilmoqda.

DXMda eng so‘nggi innovatsiyalar yo‘lga qo‘yilgan. Gologramma yordamida markaz faoliyat haqida to‘liq ma’lumot olish mumkin. QR — kodli “Infoland" ko‘rsatiladigan xizmat turi, uning talablari, pulli yoki aksincha bepul ekanligini ko‘rsatadi.

Bu yerda notarius xizmati yo‘lga qo‘yilgan. FXDYo, Xalq qabulxonasi, soliq maslaxatchisidan zarur ma’lumotlarni ham shu yerda olish mumkin.

WI-FI internet tarmog‘i ishlamoqda. Kutubxonada 2 000 ta xuquqiy va badiiy adabiyot, 15 000 dan ziyod elektron adabiyot bor. Bolalar maydonchasi, tibbiyot xonasi mavjud.

Davlat rahbarining “Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga asosan markazda Bosh vazir qabulxonasi tashkil qilindi.

Endi muammo va takliflar bilan kelgan tadbirkorlar Davlat xizmatlari markazlarida tegishli davlat organlari vakillari ishtirokida qabul qilinadi. Murojaatni joyida hal qilinishiga e’tibor beriladi, joyida hal qilish imkoniyati bo‘lmaganlari vakolatli idoraga nazoratga olingan holda yuboriladi.

Vakolatli organlarning birinchi rahbarlari qabulxona topshirig‘ini ko‘rib chiqib, natijalari va qabul qilingan qarorlar to‘g‘risida 7 kun muddatda qabulxonaga yozma ravishda axborot beradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-05-2019, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют