» » O‘zbekistonda “O‘smirlar orasida semizlikka qarshi” shiori ostida faol yurish tadbirlari tashkil etildi (foto)

O‘zbekistonda “O‘smirlar orasida semizlikka qarshi” shiori ostida faol yurish tadbirlari tashkil etildi (foto)


Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan mamlakat bo‘ylab “O‘smirlar orasida semizlikka qarshi” shiori ostida faol yurish bo‘yicha ommaviy tadbirlar tashkil etildi. Bu haqda “Daryo”ga vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Jumladan, ushbu tadbir poytaxtdagi Botanika bog‘ida ham aholi ishtirokida ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. Muntazam o‘tkazilayotgan bu kabi ommaviy tadbirlar aholida sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan qiziqishini oshirib, ularni jismoniy faol bo‘lishga undamoqda.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti taxminlariga ko‘ra, 2030-yilga borib, dunyo aholisining qariyb 45 foizi semirib ketishi mumkin. Semizlik nafaqat kattalar, balki bolalar va o‘smirlar orasida ham jiddiy muammoga aylanib bormoqda.

Ma’lumotlarda keltirilishicha, 1975-yildan ayni paytga qadar dunyodagi semiz odamlar soni uch baravar oshgan. 5 yoshdan 19 yoshgacha bo‘lgan 340 milliondan ortiq bola va o‘smir semizlikka duchor bo‘lgan.

Bolalar va o‘smirlar orasida semizlik va semirishning tarqalishi 1975-yildagi 4 foizdan 2016-yilda 18 foizgacha ko‘tarildi. Qizlarning 18, o‘g‘il bolalarning 19 foizi ortiqcha vaznga ega.

Mazkur faktlar jamiyat uchun semizlik jiddiy tahdid ekanini ko‘rsatmoqda. Ushbu xavfning oldini olishda jismoniy faollik, jumladan, faol yurishning ahamiyati katta.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-05-2019, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют