» » “Napoli”—“Inter”. A Seriya 37-tur o‘yinlari anonsi

“Napoli”—“Inter”. A Seriya 37-tur o‘yinlari anonsi


18-may, shanba kuni futbol bo‘yicha Italiya chempionatining 37-tur bahslariga start beriladi.

Musobaqa jadvalida 6-o‘rinda borayotgan Rimning “Roma” klubi “Sassuolo”ga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 23:30 da boshlanadi. Eslatib o‘tamiz, rimliklar 36-turda “Yuventus”ni 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgandi.

19-may, yakshanba kuni Jennaro Gattuzo qo‘l ostidagi “Milan” klubi o‘z maydonida “Frozinone”ni qabul qiladi. Bellashuv soat 21:00 da boshlanishi belgilangan. Ma’lumot uchun, “rossonerilar” avvalgi turda “Fiorentina”ni yutgandi (1:0).

Shu kuni turning markaziy o‘yinida Karlo Anchelotti boshqaruvidagi “Napoli” klubi Luchano Spaletti boshliq Milanning “Inter” jamoasi bilan kuch sinashadi. Qayd etish joiz, neapolliklar oxirgi turda SPALdan ustun kelgan bo‘lsa (2:1), “Inter” o‘z uyida kechgan bahsda “Kyevo”ni 2:0 hisobida taslim qilgandi.

Krishtianu Ronaldu yetakchiligidagi Turinning “Yuventus” klubi “Atalanta”ni sinovdan o‘tkazadi. Ikkala o‘yin ham 23:30 da start oladi. Eslatib o‘tamiz, “keksa sinyora” hisobida 89 ochko mavjud va jamoa muddatidan avval chempionlikni qo‘lga kiritgan.

A Seriya

37-tur bahslari

18-may, shanba

19-may, yakshanba

20-may, dushanba

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-05-2019, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют