» » Andijonda Xotin-qizlar tadbirkorlik markazi foydalanishga topshirildi (foto)

Andijonda Xotin-qizlar tadbirkorlik markazi foydalanishga topshirildi (foto)


Andijon shahrida Xotin-qizlar tadbirkorlik markazi foydalanishga topshirildi. Bu haqda “Daryo”ga Xotin-qizlar qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Mazkur markaz Prezidentning “Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan tashkil qilingan.

Uning ochilish marosimida Bosh vazir o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Norbayeva ishtirok etdi.

Markazda ayollarning biznes yuritish ko‘nikmalari shakllantiriladi, maslahatlar beriladi va amaliy yordam ko‘rsatiladi. Shuningdek, bu yerda uzoq muddat bola parvarishlash ta’tilida bo‘lgan, mushkul iqtisodiy ahvolga tushgan ayollarni kasblar bo‘yicha qayta tayyorlashga ham ko‘maklashiladi.

Tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagini bildirgan xotin-qizlar maxsus dastur bo‘yicha o‘qitiladi. Muvaffaqiyatli o‘zlashtirganlarga tuman (shahar) xotin-qizlar qo‘mitasi tavsiyasiga ko‘ra, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun imtiyozli kredit beriladi.

Buning uchun Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi banklarga har yili 100 milliard so‘m ajratadi, uning kamida yarmi qishloq joylardagi xotin-qizlarning biznesini rivojlantirishga yo‘naltiriladi.

Tadbirda Andijon shahridagi mahalla fuqarolar yig‘inlarida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha mutaxassislarga planshetlar topshirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-05-2019, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют