» » XVJ direktori Kristin Lagard Samarqandga keldi

XVJ direktori Kristin Lagard Samarqandga keldi


O‘zbekistonda bo‘lib turgan Xalqaro valyuta jamg‘armasi boshqaruvchi direktori Kristin Lagard boshchiligidagi delegatsiya a’zolari 18-may kuni Samarqandga keldi.

Mehmonlar shahar bilan tanishuvni Amir Temur maqbarasidan boshladi. Sohibqironning davlatchilik siyosati, ilm-fan, madaniyat rivojidagi xizmatlari va ulkan bunyodkorlik ishlari haqidagi ma’lumotlar Kristin Lagard xonimda qiziqish uyg‘otdi. Bu hayrat va havas Registon maydoni, Bibixonim masjidiga tashrif chog‘ida yana ham oshdi.

— Samarqand juda go‘zal va obod shahar ekan, — deydi Kristin Lagard. — U Buyuk Ipak yo‘lining yirik savdo markazlaridan biri bo‘lganligi haqida eshitgandim. Bu yerdagi bir necha asrlik tarixiy obidalar o‘zbek xalqi qurilish, arxitektura bo‘yicha ulkan tajriba va salohiyatga egaligidan dalolat beradi. Men bu binolarni ko‘rish, ularning devorlarni ushlab ko‘rishni orzu qilardim. Bu orzularim ushalganidan xursandman.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-05-2019, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют