» » Markaziy bank raisi: “Har bir oila — tadbirkor” dasturi bo‘yicha kredit olganlar faoliyati o‘rganilmoqda

Markaziy bank raisi: “Har bir oila — tadbirkor” dasturi bo‘yicha kredit olganlar faoliyati o‘rganilmoqda


Xalqaro press-klub sessiyasida Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov “Har bir oila — tadbirkor” davlat dasturi doirasida kredit olganlar faoliyati o‘rganilayotgani haqida gapirdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

— Biz ko‘proq muhtoj oilalarga asosiy e’tiborni qaratyapmiz, — dedi M.Nurmurodov. — Lekin kredit ajratishda kam ta’minlanganlik to‘g‘risidagi hujjat talab etilmaydi. Qaysi kasbda bo‘lishidan qat’iy nazar, qo‘shimcha daromad olmoqchi bo‘lganlarga imkon berilmoqda.

Hatto ta’minotchilarga ham mahsulot olib kelish uchun kredit ajratilmoqda. Faqat ulardan sifatli mahsulot olib kelish talab etiladi.

Issiqxona qurish uchun kredit olgan, lekin mablag‘ni boshqa maqsadda ishlatganlar ham aniqlandi. Bunday holatlar uchrab turibdi.

Ta’kidlanishicha, pulni sandiqda saqlagandan ko‘ra, bankda saqlovchilar ko‘paydi. Ular valyuta shaklida uyda saqlamasdan, bankka ishonch bildirmoqda. O‘tgan yili aholining muddatli omonatlar hajmi 72 foizga o‘sgan.

Sessiyada “Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasi 16 foiz, lekin tijorat banklari foizi juda yuqori. Tijorat banklarini nazoratga olish mumkin emasmi”, degan savolga Markaziy bank rahbariyatining bunga vakolati yo‘qligi ma’lum qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-05-2019, 12:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют