» » Texasda noqonuniy muhojir o‘nlab keksa ayollarni o‘ldirganlikda gumonlanmoqda

Texasda noqonuniy muhojir o‘nlab keksa ayollarni o‘ldirganlikda gumonlanmoqda


Texasda keniyalik 46 yoshli noqonuniy muhojir eng kamida 12 nafar keksa ayolni o‘ldirganlikda ayblanmoqda, deb yozadi Forum Daily.

Billi Chemirmir 76 yoshdan 94 yoshgacha bo‘lgan ayollarni o‘ldirganlikda ayblanib qamoqxonada saqlanmoqda. Uning garov puli miqdori 9 million dollardan ko‘proqni tashkil etadi. Erkak 2018-yilning martidan qamoqda o‘tiribdi.

Billi ilk marta Dallas shtatida 81 yoshli ayolni o‘ldirgan. U o‘zining 91 yoshli qurboni politsiyaga murojaat qilganidan so‘nggina qo‘lga olingan. Billi uni bo‘g‘ib, tilla taqinchoqlarini o‘g‘irlab ketgan.

Politsiyaning ma’lum qilishicha, ayblanuvchi o‘zini sog‘liqni saqlash xodimi deb tanishtirgan, shuning uchun qurbonlar uni uyiga kiritgan. Hozirda politsiya 700 ta keksa ayolning o‘ldirilishi holatiga Billi Chemirmirning tasodifiy aloqasi bor yo‘qligini o‘rganmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-05-2019, 13:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 75) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют