» » Nyu-York aholisi kimyo zavodida chiqqan yong‘in oqibatida tutundan xavfda qoldi

Nyu-York aholisi kimyo zavodida chiqqan yong‘in oqibatida tutundan xavfda qoldi


Nyu-Jersi shtatining Xadson okrugidagi xlor ishlab chiqaruvchi zavodda chiqqan yong‘in tutuni va kimyoviy bug‘lar Nyu-Yorkka tarqaldi va bu zaharli bo‘lishi mumkin. Hodisa natijasida hukumat to‘rtta yo‘lli Pulaski Skayvey ko‘chasini yopib qo‘ydi. Bu haqda Forum Daily xabar berdi.

Yong‘in Olden Lids korporatsiyasi zavodida 17-may kuni 22:00 da boshlangan. Quyuq tutunni voqea joyidan bir necha kilometr uzoqlikdan ko‘rish mumkin bo‘lgan.

Yong‘inda yonib ketgan kimyoviy moddalar tufayli Nyu-Jersi shimolidagi va Nyu-York shtatinign bir qismidagi rasmiylar fuqarolarga bug‘lardan himoyalanish uchun eshiklarni va derazalarni yopiq saqlashni buyurgan.

Ayni paytda tutun ta’sirida bir qancha odam zaharlangani haqidagi tasdiqlanmagan xabarlar tarqaldi. Nyu-York shahri rasmiylari Bruklin, Manxetten va Steyten-Aylend fuqarolarini tutun xavfidan ogohlantirgan.

Pulakski Skayvey ko‘prigida joylashgan barcha yo‘llar Janubiy Kirni va Brodvey o‘rtasidagi har ikki yo‘nalishda soat 22:30 da yopilgan. Ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilgan fotosuratlar mintaqada katta tirbandlik yuzaga kelganini ko‘rsatdi.

Xabarda aytilishicha, 18-may kuni tongda o‘t o‘chiruvchi xodimlar yong‘inni o‘chirishga muvaffaq bo‘lgan.

Mahalliy vaqt bilan soat 8:00 da havo xavfsiz ekani e’lon qilinib, derazalarni ochishga ruxsat berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-05-2019, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 116) ( 0) ( 114) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют