» » Armaniston sudi sobiq prezident Robert Kocharyanni hibsdan ozod etdi

Armaniston sudi sobiq prezident Robert Kocharyanni hibsdan ozod etdi


Yerevan shahar Umumiy yurisdiksiya sudi 2008-yilgi prezidentlik saylovlaridan keyin namoyishchilarni tarqatib yuborishda ayblangan sobiq Armaniston prezidenti Robert Kocharyanni ozod qildi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Kocharyan tan olinmagan Tog‘li-Qorabog‘ respublikasining amaldagi rahbari Baqo Saakyan va sobiq rahbari Arkadiy Gukasyanning garovi sabab ozod qilindi. Ular Armanistonning sobiq prezidenti ozodlikka chiqishi uchun bir million dram (ikki ming dollardan ko‘proq) garov puli berdi.

Kocharyan ishi bo‘yicha prokurorlar sud qaroriga e’tiroz bildirmoqchi.

Armanistonning sobiq prezidenti 2018-yil iyul oyida namoyishlarni tarqatib yuborishda birinchi marta hibsga olingan. Bir oy o‘tgach, u qamoqdan ozod etilgan, chunki apellyatsiya sudi Kocharyanning sobiq davlat rahbari sifatida immunitetiga ega ekanligini ko‘rsatgan. Biroq 2018-yilning dekabrida u yana qo‘lga olingan. Aprel oyi oxirida Armaniston Bosh prokuraturasi Kocharyan ishi bo‘yicha ayblov xulosasini tasdiqlagan; 13-may kuni ish sud tomonidan ko‘rib chiqila boshlangan.

Robert Kocharyan 1998-yildan 2008-yilgacha Armaniston prezidenti lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-05-2019, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 53) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют