» » O‘zbekistonlik rejissorning “Choy” filmi Makedoniyada e’tirof etildi

O‘zbekistonlik rejissorning “Choy” filmi Makedoniyada e’tirof etildi


Joriy yilning 9—14-may kunlari Makedoniya poytaxti Skopyeda to‘qqizinchi bor o‘tkazilgan Xalqaro falsafiy filmlar festivalida o‘zbekistonlik rejissor Shokir Holiqov ham o‘zining “Choy” nomli qisqa metrajli filmi bilan ishtirok etdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonov xabar berdi.

Mazkur an’anaviy festivalda dunyoning Turkiya, Polsha, Rossiya Federatsiyasi singari 14 davlatidan rejissorlar o‘z ijod mahsullari bilan qatnashdi. Shokir Holiqovning “Choy” kartinasi “Tomoshabin mehrini qozongan film” hamda “Hakamlar hay’atining maxsus mukofoti” nominatsiyalariga loyiq ko‘rildi.

Shu o‘rinda qayd etish joizki, rejissor ushbu filmi orqali o‘tgan bir yil mobaynida Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Hindiston, Braziliya, Rossiya Federatsiyasi, AQSh kabi mamlakatlarda bo‘lib o‘tgan xalqaro qisqa metrajli filmlar festivallarida ham Gran-pri va qator nominatsiyalarni qo‘lga kiritgan. Shuningdek, uning “Bizni tushunishmaydi” va “Dilemma” kinolari ham xalqaro festivallarda munosib o‘rinlarni qayd etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-05-2019, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют