» » Namanganda navbatdagi adliya sayli otkazildi (foto)

Namanganda navbatdagi adliya sayli otkazildi (foto)


Chust tumanidagi Mavlono Lutfulloh nomli madaniyat va istirohat bogida adliya sayli otkazildi. Bu haqda Daryoga Namangan viloyat adliya boshqarmasi malum qildi.

Mazkur tadbir davomida aholiga huquqiy tushuntirish berish bilan bir qatorda, ularga oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, ish bilan taminlash, sogliqni saqlash, kredit ajratish, uy-joy taminoti, tadbirkorlik faoliyati uchun yer ajratish boyicha maslahatlar berilib, bu borada jami 300 dan ortiq muammolar aniqlandi.

Aniqlangan muammolarning 40 tasi oz ornida bartaraf etilib, qolgan muammoli masalalarning qonuniy yechimi boyicha fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi hamda muammolarni hal etish vakolatiga ega bolgan idoralarga ijro uchun yuborildi.

Har bir oila tadbirkor dasturiga muvofiq, Markaziy bank Namangan viloyat bosh boshqarmasi hamda tijorat banklari tuman filiallari tomonidan bank xizmatlariga oid burchaklar tashkil etilib, fuqarolarga banklar tomonidan korsatiladigan xizmatlar, kreditlar turlari va ularni rasmiylashtirish tartib-qoidalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Tadbir davomida tadbirkorlik faoliyati subektlarining mahsulotlari yarmarkasi, mehnat yarmarkasi, yuridik va badiiy kitoblar korgazmasi tashkil etildi, bayram dasturi namoyish etildi. Mazkur dasturda qoshiqchilar, soz ustalari, raqqosalar, milliy cholgu asboblari ustalari, dorbozlar ozlarining chiqishlari bilan saylga tashrif buyurgan fuqarolarga bayramona kayfiyat ulashdi.

Adliya vazirligining Biz birgamiz! loyihasining mantiqiy davomi sifatida nogironlar tomonidan tayyorlangan mahsulotlar yarmarkasi otkaziladi. Shuningdek, imtiyozli kreditlar asosida beriladigan zamonaviy issiqxona hamda qishloq hujaligi texnikasi namunalari korsatildi.

Street law loyihasini keng joriy qilish maqsadida kongillilar guruhi ortasida huquqiy savodxonlikni oshirishga qaratilgan huquqiy savodxonlikni aniqlovchi tezkor test loyihasi otkazildi. Test natijalariga kora eng faol va huquqiy bilimi yuqori bolgan ishtirokchilarga sovga sifatida kitoblar topshirildi.

Targibot tadbirlari davomida aholini qiynayotgan muammolar, ularning yechimlari, shuningdek, huquqiy savodxonlik darajasini aniqlash maqsadida ishchi guruhlar tomonidan ijtimoiy sorovlar otkazildi. Sayyor qabul jarayonida aholiga huquqiy tushuntirish berish bilan bir qatorda, ularning murojaatlari belgilangan tartibda idora va tashkilotlar tomonidan ish yurituviga qabul qilindi.



Manba: Daryo.uz
: admin (19-05-2019, 19:44)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 2) ( 0) ( 1) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -