» » La Liga. “Real” mavsumni mag‘lubiyat, “Barselona” esa durang bilan yakunladi (video)

La Liga. “Real” mavsumni mag‘lubiyat, “Barselona” esa durang bilan yakunladi (video)


18—19-may kunlari futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining so‘nggi tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

Diyego Simeone qo‘l ostidagi Madridning “Atletiko” klubi “Levante” maydoniga safar qildi.

Uchrashuv davomida maydon egalari a’zolari Erik Kabako (6) va Rojer (36) urgan gollarga “matraschilar” Rodrigo Ernandes (68) hamda Serxio Kamelloning (79) gollari bilan javob qaytardi (2:2).

Shu tariqa “Atletiko” mavsumni durang bilan yakunladi.

Musobaqa jadvalida 3-o‘rinda borayotgan Madridning boshqa bir klubi “Real” “Santyago Bernabeu”da “Betis”ni qabul qildi.

Bellashuvning 61-daqiqasida mehmon jamoa hujumchisi Loren Moron hisobni ochgan bo‘lsa, 75-daqiqaga kelib “Real”ning tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Xese Rodriges sobiq jamoasi darvozasiga gol urib, o‘yinga yakuniy nuqtani qo‘ydi.

Natijada Zinedin Zidan jamoasi joriy mavsumni mag‘lubiyat bilan yakunladi (0:2).

Muddatidan avval chempionlikni nishonlagan “Barselona” jamoasi mehmonda “Eybar” bilan o‘ynadi.

O‘yinning 20-daqiqasida mezbon jamoa yarim himoyachisi Mark Kukurella Yasper Sillessen qo‘riqlayotgan darvozani ishg‘ol qildi. 31 va 32-daqiqalarda esa “ko‘k-anor ranglilar” yetakchisi Lionel Messi dublga erishgan bo‘lsa, 45-daqiqaga kelib himoyachi Pablo de Blasis hisobni tenglashtirdi (2:2).

Shu tariqa “Barselona” mehmonda “Eybar” bilan durang o‘ynadi va bir ochkoga ega bo‘ldi.

38-turdan so‘ng musobaqa jadvalidagi holat:

La Liga

38-tur bahslari

18-may, shanba

Gollar: 1:0 — 6 Erik Kabako, 2:0 — 36 Rojer, 2:1 — 68 Ernandes, 2:2 — 79 Kamello

Gollar: 1:0 — 44 Ben Yedder, 2:0 — 90 Al-Haddodiy

Gollar: 1:0 — 13 Portilyo, 1:1 — 44 Iborra, 2:1 — 76 Maksimovich, 2:2 — 87 Moreno

Gollar: 1:0 — 58 Rosales, 2:0 — 65 Lei Vu

Gollar: 0:1 — 36 Soler, 0:2 — 52 Rodrigo

Gollar: 1:0 — 40 Vakaso, 2:0 — 83 Kalyeri, 2:1 — 86 Portu

Gollar: 0:1 — 39, avtogol, Mantovani, 1:1 — 55 Mantovani, 3:1 — 83 Mantovani

Gollar: 0:1 — 29, penalti, Embarba, 0:2 — 71 Medran, 1:2 — 82, penalti, Yago, 2:2 — 90 Yago

19-may, yakshanba

Gollar: 0:1 — 61 Moron, 0:2 — 75 Xese

Gollar: 1:0 — 20 Kukurella, 1:1 — 31 Messi, 1:2 — 32 Messi, 2:2 — 45 de Blasis

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-05-2019, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 106) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют