WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Yelizaveta II yiliga 30 ming funt maosh evaziga SMM-mutaxassis qidirmoqda
Yelizaveta II yiliga 30 ming funt maosh evaziga SMM-mutaxassis qidirmoqda
Bukingem saroyida yangi vakansiya ochildi: qirollik oilasiga raqamli kommunikatsiyalar bo‘yicha mutaxassis kerak. Bu haqda Daily Mirror nashriga tayanib, Sputnik xabar berdi.
Ushbu lavozimni qo‘lga kiritishni istaganlar 26-mayga qadar o‘z rezyumesini jo‘natishlari mumkin.
Nomzodga qo‘yiladigan asosiy talablar — o‘zlari tomonidan yaratiladigan konkentni millionlab foydalanuvchi kuzatishini anglay bilishi. Monarxlarning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarini yuritishi, ular hayotida sodir bo‘layotgan tadbirlarni yoritishi kerak bo‘ladi.
Ushbu lavozimga qabul qilingan inson Bukingem saroyida haftasiga besh kun, 37,5 soat ishlaydi. Bajargan ishi uchun to‘lanadigan maosh yiliga 30 ming funtni (322 million so‘m) tashkil etadi.
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Кто вы по знаку зодиака?
КТО НА САЙТЕ?
(
2)
(
0)
(
1)
(
1)





- отсутствуют
