» » Xitoyda tom qulashi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, 83 kishi jarohatlandi

Xitoyda tom qulashi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, 83 kishi jarohatlandi


Xitoy shimolidagi Bayse shahar okrugida joylashgan bar tomi quladi, deb xabar berdi “Vesti.ru”. Oqibatda ikki kishi halok bo‘ldi, yana 83 nafari turli tan jarohatlari oldi.

Ma’lum bo‘lishicha, hodisa 700 kvadrat metr maydonga ega binoning uchinchi qavatida joylashgan “0776” nomli barda 20-mayga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan. Qutqaruvchilar 65 kishini evakuatsiya qilgan, 62 kishi shifokorlar nazoratiga olingan, 13 kishiga esa uyiga javob berilgan.

“Qutqaruv operatsiyasiga 160 nafar favqulodda vaziyatlar xizmati xodimlari va 22 ta maxsus texnika jalb etilgan”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-05-2019, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 105) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют