» » O‘zbekistonda zargarlik tarmog‘i jadal rivojlantiriladi

O‘zbekistonda zargarlik tarmog‘i jadal rivojlantiriladi


18-may kuni O‘zbekistonda zargarlik tarmog‘ini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PF–5721 sonli Prezident Farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram kanali xabar berdi.

Farmon bilan 2019-yil 1-iyuldan:

— zargarlik bo‘yicha litsenziyasi bo‘lgan mahalliy ishlab chiqaruvchilarga o‘zi ishlab chiqargan zargarlik buyumlarining asillik darajasini mustaqil belgilash va ularga asillik darajasi izlarini qo‘yish huquqi berildi;

— zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi litsenziyaga ega yakka tartibdagi tadbirkorlar o‘z mahsulotlarini mustaqil sotishi, aholidan qimmatbaho metall parchalari, qimmatbaho toshlar va buyumlarni sotib olish huquqiga ega;

— davlat ulushi bo‘lmagan yoki davlat ulushi 50 foizdan kam bo‘lgan tadbirkorlar ishlab chiqarishda qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni sarflash, hisobini yuritish va saqlash tartibini mustaqil belgilaydi;

— jismoniy shaxslar qiymati 5 ming dollardan ko‘p bo‘lgan zargarlik buyumlarini deklaratsiya to‘ldirgan holda O‘zbekistondan tashqariga olib chiqishi mumkin;

— zargarlik sohasidagi tadbirkorlar “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasiga ixtiyoriy a’zo bo‘lsa, uyushma a’zolarining imtiyoz va preferensiyalari ularga ham tatbiq etiladi.

2019-yil 1-iyundan qimmatbaho metallarni sotib olish uchun berilgan bank kreditlari bo‘yicha foiz xarajatlari Tadbirkorlik faoliyatni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan kompensatsiya qilish orqali zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar qo‘llab-quvvatlanadi.

Farmon bilan tijorat banklari va zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilariga quyidagi huquqlar berildi:

— “Navoiy KMK” DK va “Olmaliq KMK” AJdan qimmatbaho metallarni o‘lchov plastinalari ko‘rinishida, 5 gramm va undan ortiq bo‘lgan granulalarni London qimmatbaho metallar birjasining tongi fiksingi asosida sotib olish;

— sotib olingan metallarni boshqa zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilariga sotish.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-05-2019, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 106) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют