» » Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda zargarlik tarmog‘ini rivojlantirishga oid farmonni imzoladi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda zargarlik tarmog‘ini rivojlantirishga oid farmonni imzoladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatda zargarlik tarmog‘ini jadallik bilan rivojlantirishga oid farmonni imzoladi.

Farmonga muvofiq, shu yilning 1-iyulidan boshlab, jismoniy shaxslarga qiymati 5 ming dollardan ortiq bo‘lgan tayyor zargarlik mahsulotlarini yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirgan holda O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqib ketishga ruxsat beriladi.

Tijorat banklari va zargarlik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar “Navoiy KMK” va “Olmaliq KMK”dan o‘lchov plastinalari hamda 5 gramm va undan ortiq granula shaklidagi qimmatbaho metallarni (oltin va kumush) London qimmatbaho metallar birjasining ertalabki fiksingidan kelib chiqqan holda milliy vayutaga sotib olish va sotib olingan qimmatbaho metallarni boshqa zargarlik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga sotish huquqiga ega bo‘ladi.

Qimmatbaho metallar hamda mahalliy zargarlik mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish qo‘shimcha qiymat solig‘i va aksiz solig‘idan 2022-yil 1-iyulga qadar ozod etiladi.

Farmon bilan O‘zbekistonda 2019—2023-yillarda zargarlik tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi imzolandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-05-2019, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 45) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют