» » Alisher Usmonov “Kommersant” jurnalistlari Matviyenko haqidagi maqola sababli ishdan bo‘shatilishiga aloqador emasligini ma’lum qildi

Alisher Usmonov “Kommersant” jurnalistlari Matviyenko haqidagi maqola sababli ishdan bo‘shatilishiga aloqador emasligini ma’lum qildi


“Kommersant” nashri egasi Alisher Usmonov Rossiya Federatsiya Kengashi Spikeri Valentina Matviyenko haqidagi maqola tufayli jurnalistlarining ishdan bo‘shatilishiga hech qanday aloqasi yo‘qligini aytdi. Bu haqda “Novaya Gazeta” xabar berdi.

“Aksiyador tahririyat siyosatiga aralashmaydi va bundan tashqari, jurnalistlarni ishdan bo‘shatish yoki ishga yollash haqida qaror qabul qilmaydi”, — deydi biznesmenning vakili. Uning so‘zlariga ko‘ra, Usmonov “Kommersant” xodimlarini ishdan bo‘shatilgani haqida ommaviy axborot vositalaridan xabar topgan.

Avvalroq “Kommersant” maxsus muxbiri Ivan Safronov va siyosat bo‘limi muharrir o‘rinbosari Maksim Ivanov Rossiya Federatsiya kengashi spikeri Valentina Matviyenkoning iste’fosi haqidagi maqola sabab nashrni tark etgani haqida xabar bergan edik. Jurnalistlarning so‘zlariga ko‘ra, noshirlik uyi aksiyadori Alisher Usmonov shunday qaror qabul qilgan edi. Ular nashrni tomonlar kelishuviga asosan tark etgani xabar qilingan edi.

Bi-bi-si sobiq xodimi ma’lum qilishicha, Matviyenko Usmonovga maqola bo‘yicha shikoyat qilgan. Uning matbuot kotibi Vladislav Ponomarenko vaziyatni izohlashdan bosh tortdi.

“Materialni tayyorlash chog‘ida tahririyat standartlari buzilgani sababli jurnalistlar bilan xayrlashdik”, — deya ta’kidlagan “Kommersant” bosh direktori Vladimir Jelonkin.

U aynan qanday qoidalar buzilganini oshkor etmadi va aksiyadorlarning tahririyat ishiga aralashuvini izohlashdan bosh tortdi.

Matviyenkoning ehtimoliy iste’fosi haqidagi material 17-aprelda chop etilgan, unda spiker prezident Putin bilan may oyida lavozimdan ketishini muhokama qilishi bildirilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-05-2019, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют