» » “Kommersant” jurnalistlari Matviyenkoning iste’fosi haqidagi maqola sababli nashrni tark etadi. Alisher Usmonov shunday qaror qabul qildi

“Kommersant” jurnalistlari Matviyenkoning iste’fosi haqidagi maqola sababli nashrni tark etadi. Alisher Usmonov shunday qaror qabul qildi


“Kommersant” maxsus muxbiri Ivan Safronov va siyosat bo‘limi muharrir o‘rinbosari Maksim Ivanov Rossiya Federatsiya kengashi spikeri Valentina Matviyenkoning iste’fosi haqidagi maqola sabab nashrni tark etadi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.

Jurnalistlarga ko‘ra, noshirlik uyi aksiyadori Alisher Usmonov shunday qaror qabul qilgan. Ular nashrni tomonlar kelishuviga asosan tark etadi.

“Materialni tayyorlash chog‘ida tahririyat standartlari buzilgani sababli jurnalistlar bilan xayrlashdik”, — deya ta’kidladi “Kommersant” bosh direktori Vladimir Jelonkin.

U aynan qanday qoidalar buzilganini oshkor etmadi va aksiyadorlarning tahririyat ishiga aralashuvini izohlashdan bosh tortdi.

Matviyenkoning ehtimoliy iste’fosi haqidagi material 17-aprelda chop etilgan, unda spiker prezident Putin bilan may oyida lavozimdan ketishini muhokama qilishi bildirilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-05-2019, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 94) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют