» » O‘zbekistonliklar xorijiy avtomobillarni olishga 135 mln dollardan ortiq pul sarfladi

O‘zbekistonliklar xorijiy avtomobillarni olishga 135 mln dollardan ortiq pul sarfladi


O‘zbekistonga 2019-yilning yanvar-aprel oylarida 136,8 million dollarga yengil avtomobillar keltirildi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga tayanib, Spot xabar berdi.

Bu o‘tgan yilning xuddi shu davriga nisbatan 2,1 baravar ko‘p. Taqqoslash uchun, butun 2018-yil davomida yengil avtomobillar importi 319 million dollarni tashkil etgan.

Chet el avtomobillari importi ortishiga yanvar oyida ularni keltirish osonlashtirilgani bilan izohlanmoqda. Agar avtomobil 40 ming dollar tursa va ishlab chiqarilganidan ikki yildan ortiq vaqt o‘tmagan bo‘lsa, unga nisbatan nol qiymatdagi boj to‘lovi va aksiz solig‘ining 20 foizi joriy etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2019, 03:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют