» » MIB nogiron fuqaroga nafaqa va boshqa to‘lovlarni undirib berdi

MIB nogiron fuqaroga nafaqa va boshqa to‘lovlarni undirib berdi


MIB Buxoro shahar bo‘limi ish yurituviga FIB Buxoro tumanlararo sudining 28.02.2019-yildagi ijro hujjatiga asosan qarzdordan undiruvchi O‘.Sadikov foydasiga bir yo‘la to‘lanadigan nafaqa 8.400.000 so‘m har oyda 560.000 so‘mdan moddiy ta’minot, advokatlik xizmati uchun to‘langan 1.000.000 so‘m va dastlab to‘langan 202.730 so‘m, ma’naviy zarar uchun 3.000.000 so‘m hamda qarzdor “Fayz qurilish mollari” MChJ zimmasiga U.Sadikovning sog‘lig‘ini tiklash va qo‘lini protezlash uchun bir dona qo‘l protezi narxi 35.200.000 so‘mni tibbiy muassasa Mingbaevs Academy of Roboties oilaviy korxonasi hisob raqamiga ko‘chirib berish majburiyati yuklash to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘limga 14.03.2019-yilda kelib tushgan. Bu haqda Majburiy ijro byurosi “Daryo”ga xabar qildi.

Qarzdor tashkilotga ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror topshirilib belgilangan muddat ichida qarzdor tomonidan ijro hujjatining ijrosini ixtiyoriy ravishda bajarmagan.

Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida ijro hujjatida ko‘rsatilgan undirilishi lozim bo‘lgan jami pullar undirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2019, 07:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют