» » Samarqand shahrida noqonuniy qurilgan ko‘p qavatli uylarning buzilishi boshlandi

Samarqand shahrida noqonuniy qurilgan ko‘p qavatli uylarning buzilishi boshlandi


Samarqand shahrida noqonuniy qurilgan 159 ta obyektda aniqlangan qonunbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilangan, shundan 18 tasi respublika, 141 tasi viloyat miqyosida hal etilishi bo‘yicha xulosalar taqdim etilgan. Bu haqda Zarnews xabar bermoqda.

Viloyat hokimligi tomonidan taqdim qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, Samarqand shahrida qurilgan ko‘p qavatli turar va noturarjoy binolari qurilishida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ishchi guruh shtabi tashkil qilingan hamda viloyat hokimligining chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan.

Qurilish vazirligi hamda viloyat hokimligi bilan birgalikda 18 ta obyektning yuqori qavatlarini buzish va boshqa tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha loyiha ishlab chiqish uchun “Toshgiprogor”, “ToshuyjoyLITI” va “ToshkentboshplanLITI” biriktirilgan. Loyiha institutlari tomonidan ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlariga asosan 56 milliard so‘m tovon puli va 17,0 milliard so‘m buzish ishlariga mablag‘ zarurligi aniqlangan.

Samarqand shahrining Mironshoh ko‘chasida joylashgan, “Afrosiyob Xosiyat begim makoni” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli ko‘p qavatli uy yuqoridagi tilga olingan 18 ta obyektning biri hisoblanadi. 20-may kuni ushbu ko‘p qavatli uyda buzish ishlari boshlandi.

Qurilish vazirligi hamda viloyat hokimligi tomonidan 18 ta obyektning yuqori qavatlarini buzish uchun 7 ta pudrat tashkiloti biriktirilgan.

Viloyat hokimligi mas’ullari o‘zboshimchalik bilan qurilgan boshqa uylarning ham qurilish me’yorlariga zid bo‘lgan qismlari buzilishini ta’kidladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2019, 08:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют