» » Xitoylik telejurnalistlarning Farg‘ona va Marg‘ilon haqidagi filmlari CCTV-4 kanalida efirga uzatilmoqda

Xitoylik telejurnalistlarning Farg‘ona va Marg‘ilon haqidagi filmlari CCTV-4 kanalida efirga uzatilmoqda


O‘tgan yil oxirlarida Xitoyning CCTV-4 — “Do‘stlik” telekanali jurnalistlari Farg‘onaga kelgan, bu yerda mahalliy tahririyatlar, teleradiokanallar faoliyati bilan tanishib, turli mavzularda teleko‘rsatuvlar tasvirga olgandi. Bu haqda “Daryo”ga Jurnalistlar ijodiy uyushmasi Farg‘ona viloyat bo‘limi ma’lum qildi.

Shu kunlarda dunyoning 170 ta davlatida efirga chiqadigan CCTV-4 kanali “Buyuk ipak yo‘lidagi Marg‘ilonga sayohat”, “Ipak jilolari”, “Hunarmandlar sulolasi”, “Farg‘onaning uchqur otlari” hamda “Konfutsiy Farg‘onada” deb nomlangan hujjatli filmlarni namoyish etmoqda. Ularda qadimiy Marg‘ilon tarixi, buyuk zotlari, hunarmandchilik an’analari, viloyatdagi tarixiy-madaniy meros, sayyohlik salohiyati, o‘zbek xalqining urf-odatlari va an’analari, tabiati va odamlari haqida hikoya qilingan.

Ko‘rsatuvlar xitoy tilida bo‘lsa-da, ingliz tiliga tarjima qilinib, subtitr (tasvir ostidagi matn) bilan efirga uzatildi, ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatildi.

Tarixiy manbalarda qayd etilishicha, bundan 21 asr muqaddam Xitoy imperatori elchisi Farg‘ona vodiysiga kelgan. U o‘zi bilan uzun oyoqli qorabayir naslli uchqur otlar, uzum, yong‘oq urug‘i va ko‘chatidan olib ketgan. Imperatorning buyrug‘iga ko‘ra bu ko‘chatlar Xitoyda mahalliylashtirilgan.

Xitoylik teleijodkorlar elchi bosib o‘tgan manzillar, xususan, Quvasoy shahridagi “Vodiy tulporlari” qorabayir ot naslchilik majmuasi haqida qiziqarli ko‘rsatuv tayyorladi.

O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi Farg‘ona viloyat bo‘limi tashabbusi bilan ketma-ket uch marta o‘zbek va xitoy tillarida chop etilgan Konfutsiyning “Suhbat va mulohazalar” kitobi O‘zbekiston—Xitoy madaniy aloqalarini mustahkamlashga munosib hissa qo‘shdi, deb aytiladi ko‘rsatuvlarning birida.

— Viloyat bo‘limi Xitoy jurnalistlari assosiatsiyasi bilan bevosita ijodiy aloqalar o‘rnatgan. So‘nggi ikki yilda 31 nafar farg‘onalik jurnalist Xitoy ommaviy axborot vositalarida o‘zaro tajriba almashdi. O‘z navbatida, Xitoyning 33 nafar taniqli jurnalisti bo‘lim taklifi bilan o‘zbekistonlik hamkasblari faoliyati bilan tanishgani keldi. Bu kabi hamkorlik natijasida yozilgan maqolalar, tayyorlangan teleko‘rsatuvlar tufayli ikki mamlakat xalqlari bir-birini yanada yaqinroq bilishi imkoniyati yaratildi, — deydi bo‘lim raisi Muhammadjon Obidov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2019, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют