» » Beeline Moskvada Huawei texnologiyalari bazasida qo‘llanishga tayyor 5G tarmog‘ini ishga tushiradi

Beeline Moskvada Huawei texnologiyalari bazasida qo‘llanishga tayyor 5G tarmog‘ini ishga tushiradi


Beeline (OAJ “VimpelKom”) 2020 yilga kelib Moskva shahrida yangi 5G-ready aloqa tarmog‘ini foydalanishga topshiradi. Moskva shahrida 2018-yilda boshlangan Beeline mobil tarmog‘ini modernizatsiya qilish ishlari kompaniya tarixida tarmoq infratuzilmasini rekonstruksiya qilish borasidagi eng yirik ko‘lamli amaliyot hisoblanadi.

Moskvadagi barcha tumanlar, jumladan markaziy ma’muriy okrugdagi aloqa tarmog‘ini yangilash ishlarini o‘z ichiga olgan modernizatsiya loyihasining birinchi bosqichi 2019-yilning sentabr oyida o‘z yakuniga yetkaziladi. Natijada tarmoq sig‘imi yanada kengayadi, mobil internet tezligi uch marotaba ortadi, bu esa o‘z navbatida mobil internet trafiklaridan foydalanishga doir yillik trendlarga, ayniqsa limitsiz takliflarning ommabopligini hisobga olsak, to‘liq mos keladi. Tarmoqning yakuniy sozlash ishlari va beshinchi avlod mobil aloqasini joriy qilishga mo‘ljallangan infratuzilmani ko‘zda tutuvchi ikkinchi bosqichni 2020-yilda tugallash rejalashtirilmoqda.

Moskva tarmog‘ini yangilashga yo‘naltirilgan birinchi bosqichdagi Beeline investitsiyalari 5 mlrd rublni tashkil qiladi. Bundan tashqari, birinchi bosqichdagi investitsiya hajmiga teng sarmoyani ikkinchi bosqichda Moskva tarmog‘ini modernizatsiya qilish ishlariga jalb qilish ko‘rib chiqilmoqda.

Vasil Latsanich, “VimpelKom” OAJ bosh direktori:

“Moskva – jahondagi eng yirik va rivojlangan megapolislardan biri. Bunday ko‘lamdagi katta shaharda mobil aloqa sifati nafaqat bevosita ushbu shaharda istiqomat qiladigan aholi turmushiga, balki zamonaviy va qulay shaharni shakllantiradigan sohalar hamda uning istiqboli uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan transport tizimi, raqamli infratuzilma, ko‘chmas mulk, logistik jarayonlar va boshqalarni belgilab beradi. O‘z tarixini aynan Moskva shahrida boshlagan Beeline kompaniyasi ushbu megapolisda Moskva ‘Supersiti’ dasturini amalga tatbiq etmoqda. Ham shahardagi aholi, ham moskvalik tadbirkorlar, shuningdek, kundan kunga rivojlanib borayotgan shahardagi raqamli ekotizim qulay ravishda foydalanadigan 5G standartini joriy qilishga tayyor bo‘lgan, sifatli va istiqbolli tarmoqni yaratish mazkur dasturning muhim qismi hisoblanadi”.

Eduard Lisenko, Moskva hukumati ministri, Moskva shahar axborot texnologiyalari departamenti boshlig‘i:

“Moskva shahar axborot texnologiyalar departamenti aloqa tarmoqlarini modernizatsiya qilish va yangi texnologiyalarni joriy qilishga yo‘naltirilgan mobil operatorlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi. 5G tarmoqlarini yo‘lga qo‘yish raqamli evolyutsiya taraqqiyoti uchun ahamiyatli bosqich ekanligini barchamiz yaxshi tushunamiz. Biznesning bunday muhim jarayonga qo‘shadigan hissasi poytaxtning rivojlanishiga, pirovardida esa shahardagi aholining turmush darajasini oshirishga xizmat qiladi. Yana shuni ishochn bilan aytish mumkinki, istiqbolda bunday texnologiyalar Moskvaga nafaqat qo‘shimcha soliq tushumlarini olib keladigan, balki yangi ish o‘rinlarini yaratadigan yangi zamonaviy kompaniyalarning ochilishiga turtki beradi.

Loyiha doirasida Beeline o‘ta zamonaviy va texnologik aloqa tarmog‘ini yo‘lga qo‘yish uchun Moskvadagi barcha baza stansiyalarini yangilaydi.

Bundan tashqari, kelgusi besh yil ichida ularning soni Moskva shahrida 60%ga ortadi. Minglab yangi baza stansiyalari, birinchi navbatda, uzluksiz tarmoq qoplami bilan ta’minlash uchun aholi gavjum bo‘lgan uchastkalarga o‘rnatiladi.

Ushbu yirik ko‘lamli modernizatsiyada Beeline Huawei kompaniyasi bilan hamkorlik qilmoqda. Xitoy kompaniyasi AKT-yechimlar borasida jahondagi ilg‘or ta’minotchi va 5G bozorida yetakchi hisoblanadi. Huawei mazkur sohadagi patent arizalari ro‘yxatida birinchi o‘rinni egallaydi.

Kompaniya barcha tegishli bosqichlarga amal qilgan holda tender natijalariga binoan tanlangan. Avvalroq Huawei Moskva oblastida Beeline tarmog‘ini muvaffaqiyatli modernizatsiya qilgan bo‘lib, bu mijozga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga va 4G tezligini ikki baravarga kuchaytarishga imkoniyat bergan edi.

Eyden U, Yevrosiyo mintaqasida Huawei bosh direktori:

“Huawei uchun mazkur loyiha eng muhim texnologik chaqiriqlardan biriga aylandi. U Moskva uchun strategik ahamiyatga ega: bu shahar aholisiga yuqori tezlikdagi kelajak aloqasidan foydalanish imkoniyatini taqdim qiladi. Huawei - AKT-yechimlar borasida jahondagi ilg‘or ta’minotchi va 5G bozorida yetakchi kompaniya sanaladi. Biz mazkur sohadagi patent arizalari ro‘yxatida birinchi o‘rinni egallab turibmiz va kelgusi besh yil ichida tadqiqot va ishlanmalarga 100 mlrd. dollar miqdorida investitsiya kiritishni rejalashtiryapmiz. Moskva shahrida biz operatorga Rossiya bozorida eng mukammal tarmoqni yaratishga yordam beradigan yangi texnologiyalarni Beeline’ga taklif qildik. Uskunani integratsiya qilish yo‘nalishidagi xalqaro tajriba va ilg‘or mahalliy resurslardan foydalangan holda, Huawei loyihani amalga joriy qilish muddatini uch yildan bir yarim yilga qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi. Bu sohadagi eng yaxshi natijalardan biridir”.

Beeline’ning Moskva shahridagi tarmog‘ini rivojlantirish loyihasi doirasida NB-IoT - internet buyumlar texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydigan uskunani qo‘llagan holda, mobil aloqa infratuzilmasini keng ko‘lamda yangilash ko‘zda tutilgan.

Modernizatsiya yakunida Beeline tarmog‘i buyumlar internetiga qarashli millionlab aqlli qurilmalarni qo‘llab-quvvatlashga to‘liq tayyor holatga keladi.

Modernizatsiya jarayonida 1800, 2100 va 2600 MGts chastotalaridagi diapazonlarda ishlaydigan barcha baza stansiyalarida MIMO4x4 rejimi faollashtirilib, natijada qoplam sifati sezilarli darajada yaxshilanadi, signalning singish kuchi va ma’lumot uzatish tezligi oshadi. Jalb qilingan barcha uskunalar ma’lumot uzatish tezligini soniyasiga 1 Gbitgacha yetkazishga imkoniyat beradigan LTE Advanced va LTE Advanced Pro texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlaydi. Trafik zichligi katta bo‘lgan joylarda esa Massive MIMO - pre-5G texnologiyasi faollashtiriladi.

Moskva tarmog‘ini modernizatsiyasi qilish vaqtida foydalanish qulayligiga bo‘ladigan ehtimoliy ta’sirlarni minimallashtirish Beeline uchun bag‘oyatda muhim vazifa hisoblanadi, shuning uchun kompaniya yangi uskunaga o‘tish jarayonini uzilish va to‘siqlarsiz amalga oshirish maqsadida baza stansiyalaridagi sektorlarning bir-biriga ketma-ket o‘tishini ta’minlaydigan tizimdan foydalanmoqda.

Tarmoqning har bitta sektorida modernizatsiya ishlari qayta yoqish bajarilgandan so‘ng va oldingi bosqichdagi ishlar ma’qullangandan keyin amalga oshirilmoqda. Shuningdek, baza stansiyalarini qayta yoqish ishlari foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida tungi vaqtda bajarilmoqda. Baza stansiyalarini bosqichma-bosqich qayta yoqishga doir sinovlar 2018-yilda Moskvadagi Losinoostrovskiy rayonida va Losiniy Ostrov parkida muvaffaqiyatli amalga oshirilgan edi.

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2019, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют